Uzunchoq miya
Uzunchoq miya (lot. medulla oblongata) poyasimon tuzilma boʻlib, miya ustunining bir qismini tashkil qiladi. U miyachadan oldinda va qisman pastda joylashgan. U neyronlarning konus shaklidagi massasi boʻlib, qusishdan aksirishgacha boʻlgan avtonomik (ixtiyorga bogʻliq boʻlmagan) funksiyalarga javobgar. Uzunchoq miya yurak, nafas, qusish va vazomotor markazlarni saqlaydi va shunday qilib nafas olish, puls va qon bosimining avtonomik funksiyalaida, shuningdek, uyqu-uygʻonish siklida ishtirok etadi.
Uzunchoq miya binafsha rangda, miya ustunining qismi boʻyalgan | |
Uzunchoq miyaning taxminan oʻrta oliva tanasi sohasidagi kesmasi | |
Lotincha nomi | Medulla oblongata, myelencephalon |
---|---|
ning qismi | Miya ustuni |
Embrional rivojlanish davrida uzunchoq miya miyelensefalon (lot. myelencephalon)dan rivojlanadi. Miyelensefalon ikkilamchi pufakcha boʻlib, rombensefalon yoki ortki miyaning yetilishi davomida shakllanadi.
Bulb (piyoz) uzunchoq miya uchun ishlatilgan qadimgi termin va zamonaviy klinik terminologiyada ishlatiluvchi bulbar soʻzi (masalan bulbar falaj) uzunchoq miyaga qaratilgan va qisman tibbiy holatni bildiradi. Bulbar soʻzi uzunchoq miyaga bogʻlangan nervlar va traktlarni, shuningdek shular orqali innervatsiyalangan muskullarni, masalan til, halqum va hiqildoq muskullarini bildirishi mumkin.
Anatomiyasi
tahrirUzunchoq miya ikki qismdan iborat deb hisoblash mumkin:
- Yuqorigi ochiq qismida orqa yuzasi toʻrtinchi qorinchadan tashkil topgan.
- Pastki yopiq qismida toʻrtinchi qorincha uzunchoq miya oxiridagi obeksda torayadi va markaziy kanal qismini oʻrab oladi.
Tashqi yuzalari
tahriroldingi oʻrta tirqish yumshoq parda bukilmalarini saqlaydi va uzunchoq miya boʻylab kengayib boradi. U miya koʻprigining pastki qirgʻogʻidagi koʻr teshik deb ataluvchi kichik uchburchak sohada tugaydi. Bu tirqishning ikkala tomonidagi koʻtarilgan sohalar uzunchoq miya piramidalari deb ataladi. Piramidalar piramidal traktlarni saqlaydi – nerv sistemasining kortikospinal va kortikobulbar traktlari. Uzunchoq miyaning dum (pastki) qismida bu traktlar kesishadi, natijada bu nuqtada tirqish koʻrinmay qoladi va decussatio pyramidum deb ataladi. Ba’zi boshqa tolalar oldingi oʻrta tirqishning decussatio pyramidumdan yuqorisidagi qismlaridan chiqadi va miya koʻprigining yuzasi boʻylab lateral yoʻnaladi va oldingi tashqi arkasimon tolalar deb ataladi.
Uzunchoq miyaning yuqori qismida oldingi lateral va orqa lateral egatlari orasidagi sohada juft boʻrtmalar boʻlib Oliva tanalari (shuningdek olivalar) deb ataladi. Ular oliva tanalarining eng yirik yadrolari, pastki oliva yadrolaridan hosil boʻladi.
Uzunchoq miyaning orqa oʻrta egat va orqa lateral egati orasidagi orqa qismi orqa miyaning orqa tutamidan kiruvchi traktlarni saqlaydi. Bular oʻrta chiziqqa medial yotuvchi nozik tutam va lateral yotuvchi ponasimon tutamlar. Bu tutamlar nozik va ponasimon boʻrtmalar deb ataluvchi aylanasimon tepaliklarda tugaydi. Ular nozik yadro va ponasimon yadro deb ataluvchi kulrang modda massalaridan hosil boʻlgan. Bu yadrolarning somasi (hujayra tanalari) orqa ustun-medial lemnisk yoʻlining ikkinchi tartibli neyronlaridir va ularning ichki arkasimon tolalar yoki tutamlar deb ataluvchi aksonlari uzunchoq miyaning bir tomonidan ikkinchisiga oʻtadi va medial lemniskni hosil qiladi.
Boʻrtmalarning shundoqqina tepasida, uzunchoq miyaning tomoni uchburchak chuqurcha tomonidan egallangan va u toʻrtinchi qorinchaning polining pastki qismini hosil qiladi. Chuqurcha ikkala tomondan uzunchoq miyani miyacha bilan bogʻlovchi pastki miyacha oyoqchalari bilan oʻralgan.
Uzunchoq miyaning pastki qismi, nozik tutamning shundoqqina lateral tomonida boshqa boʻylama boʻrtma bor va tuberculum cinereum deb atalado. U ostidagi orqa miya uch shoxli nerv yadrosi deb ataluvchi kulrang modda toʻplamidan hosil boʻlgan. Bu yadroning kulrang moddasi uch shoxli nervning spinal traktini hosil qiluvchi nerv tolalari qavati bilan oʻralgan.
Uzunchoq miyaning asosi orqa miyaning ipsilateral tomonidan miya ustunining kontralateral tomoniga kesishuvchi kommissural tolalar bilan belgilanadi; bundan pasti orqa miya.
Qon bilan ta’minlanishi
tahrirUzunchoq miyaga qon bir qancha arteriyalardan keladi.
- Oldingi spinal arteriya: Bu uzunchoq miyaning butun oʻrta qismini ta’minlaydi.
- Orqa pastki miyacha arteriyasi: Bu umurtqa arteriyasining asosiy tarmogʻI va uzunchoq miyaning sensor traktlar oʻtuvchi va sinaps hosil qiluvchi orqa lateral qismini ta’minlaydi. U shuningdek miyachani ham ta’minlaydi.
- Umurtqa arteriyasining toʻgʻridan-toʻgʻri tarmoqlari: umurtqa arteriyasi bosh ikki asosiy arteriya orasidagi sohani, solitar yadro va boshqa sensor yadro va tolalar kiradi, qon bilan ta’minlaydi.
Rivojlanishi
tahrirUzunchoq miya homila rivojlanishida miyelensefalondan shakllanadi. Uzunchoq miyaning yakuniy ajralishi homiladorlikning 20-haftasida koʻrinadi.[1]Andoza:Full citation needed
Nerv naychasi qanotsimon plastinkasining neyroblastlari shu bosqichda uzunchoq miyaning sezgi yadrolarini hosil qiladi. bazal plastinka neyroblastlari harakat yadrolarini hosil qiladi.
- Qanotsimon plastinka neyroblastlari quyidagilarni hosil qiladi:
- Solitar yadro, ta’m bilish uchun umumiy visseral afferent tolalar, shuningdek maxsus visseral afferent ustunni saqlaydi.
- Spinal uch shoxli nerv yadrolari, umumiy somatik afferent ustun tutadi.
- Koxlear va vestibulyar yadrolar, maxsus somatik afferent ustun tutadi.
- Pastki oliva yadrosi, miyacha bilan bogʻlangan.
- Orqa ustun yadrolari, nozik va ponasimon yadrolar tutadi.
- Bazal plastinka neyroblastlari quyidagilarni hosil qiladi:
- Tilosti nervi yadrosi, umumiy somatik efferent tolalar tutadi.
- Ikki turdagi yadro (lot. nucleus ambiguus), maxsus visseral efferent tolalarni hosil qiladi.
- Adashgan nerv orqa yadrosi va pastki soʻlak ajratuvchi yadro, ikkovi ham umumiy visseral efferent tolalarni hosil qiladi.
Funksiyasi
tahrirUzunchoq miya miyaning yuqori qavatlarini orqa miya bilan bogʻlaydi va avtonom nerv sistemasining quyidagi bir qancha funksiyalari uchun javobgar:
- Ventilyatsiya boshqariluvi, karotid va aortik tanalardan keluvchi signallar orqali. Nafas olish xemoretseptorlar guruhi orqali boshqariladi. Bu sensorlar qonning kislotaliligidagi oʻzgarishlarni sezadi; agar, masalan, qonning kislotaliligi oshib ketsa, uzunchoq miya qovurgʻalararo va diafragma muskul toʻqimalariga elektr signallarini yuborib, ularning qisqarish tezligini va qonning oksigenatsiyasini oshiradi. Ventral respirator guruh va dorsal respirator guruh neyronlari bu boshqaruvda qatnashadi. pre-Bötzinger kompleksi uzunchoq miyaning respirator funksiyasida qatnashuvchi interneyronlar klasteridir.
- Yurak-qon tomir markazi – simpatik, parasimpatik nerv sistemasi
- Vazomotor markaz – baroretseptorlar
- Qusish, yoʻtal, aksirish va yutish refleks markazlari. Bu reflekslar halqum refleksi, yutish refleksi (tanglay refleksi deb ham ataladi) va chaynash refleksini oʻz ichiga oladi va birgalikda bulbar reflekslar deb ataladi.[2]
Klinik ahamiyati
tahrirQon tomir bloki (masalan insult) piramidal trakt, medial lemnisk va tilosti nervi yadrosini jarohatlaydi. Bu medial medullyar sindrom deb ataluvchi sindromga sabab boʻladi.
Lateral medullyar sindrom pastki miyacha arteriyasi yoki umurtqa arteriyalari bloki natijasida yuzaga kelishi mumkin.
Rivojlanib boruvchi bulbar falaj bulbar muskullarni ta’minlovchi nervlar zararlanishi bilan kechuvchi kasallik. Goʻdaklar rivojlanib boruvchi bulbar falaji bolalarda uchrovchi rivojlanib boradigan bulbar falaj.
Boshqa hayvonlarda
tahrirMinoga va miksinalarda toʻliq rivojlangan uzunchoq miya mavjud.[3][4] Ularning ikkovi ham dastlabki agnatanlarga oʻxshash boʻlgani uchun, uzunchoq miya shu dastlabki baliqlarda, taxminan 505 million yillar oldin paydo boʻlgan deb taxmin qilinadi.[5] Uzunchoq miyaning birlamchi sudralib yuruvchilar miyasining qismi sifatidagi statusi zamonaviy sudralib yuruvchilar, timsoh, alligator va echkemarlarda noproporsionalligi orqali isbotlanadi.
Qoʻshimcha suratlar
tahrir-
Boʻlaklar
-
Uzunchoq miya (qizil) va atrof toʻqimalarning boʻylama kesimi.
-
Uzunchoq miya va miya koʻprigining oldingi lateral koʻrinishi.
-
Miya asosi.
-
Uch asosiy subaraxnoid sisternalar joylashuvini koʻrsatuvchi diagramma.
-
Uzunchoq miya
-
Uzunchoq miya ochiq qismi orqa sohasining mikrografasi. Toʻrtinchi qorincha (yuqorida) va XII BMN (medial) va X BMN (lateral) yadrolari koʻrsatilgan. H&E-LFB boʻyalish.
Foydalanilgan adabiyotlar
tahrir- ↑ Carlson, Neil R. Foundations of Behavioral Neuroscience.63-65
- ↑ Hughes, T. (2003). "Neurology of swallowing and oral feeding disorders: Assessment and management". Journal of Neurology, Neurosurgery & Psychiatry 74 (90003): 48iii. doi:10.1136/jnnp.74.suppl_3.iii48. PMID 12933914. PMC 1765635. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=1765635. [1]
- ↑ Nishizawa H, Kishida R, Kadota T, Goris RC; Kishida, Reiji; Kadota, Tetsuo; Goris, Richard C. (1988). "Somatotopic organization of the primary sensory trigeminal neurons in the hagfish, Eptatretus burgeri". J Comp Neurol 267 (2): 281–95. doi:10.1002/cne.902670210. PMID 3343402.
- ↑ Rovainen CM (1985). "Respiratory bursts at the midline of the rostral medulla of the lamprey". J Comp Physiol A 157 (3): 303–9.. doi:10.1007/BF00618120. PMID 3837091.
- ↑ Haycock, Being and Perceiving
- Haycock DE. Being and Perceiving. Manupod Press, 2011. ISBN 978-0-9569621-0-2.
Havolalar
tahrirVikiomborda Uzunchoq miya haqida turkum mavjud |
}}