Uzunoyoqlilar
Uzunoyoqlilar (Tipulidae) -ikki qanotlilar turkumiga mansub hasharotlar oilasi. Tanasi choʻziq (12–30 mm), qanotlari ensiz uzun, oyoklari nozik va tanasiga nisbatan juda uzun (nomi shundan). 2500 ga yakin turi bor. Qurtlari tuproqdagi yoki suvdagi chiriyotgan oʻsimliklar, suvoʻtlar va yoʻsinlar, baʼzan oʻsimliklar ildizi va yosh barglari bilan oziqlanadi. Nam va birmuncha iliq iqlimli hududlarda tarqalgan. Oʻzbekistonda bir necha turi uchraydi. U. voyaga yetgan davrida oziqlanmaydi. Suv boʻyi va salkin joylarda oqshom payti yoki tunda sekin uchib yuradi. Xavf tugʻilganida oyoqlarini uzib tashlab, dushmandan qochib qutuladi. Zararkunanda U. kurtlari poliz ekinlariga ziyon keltiradi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |