Uzuntovonlilar
Uzuntovonlilar (Tarsiidae) -chalamaymunlar oilasi. Bitga urugʻi, 3 turi: Filippin uzuntovonlilari, gʻarbiy uzuntovonlilari, sharq uzunntovonlillari bor. Dumi (uzunligi 13—27 sm) junsiz. Ayrim anatomik belgilariga koʻra maymunlarga oʻxshaydi. Boshi katta, 180° gacha burilishi mumkin. Koʻzlari juda katta, sargʻish. Orqa oyoqlari oldingisiga nisbatan uzunroq. Tovon suyagi uzun (nomi shundan). Barmoqlari uzun, uchki qismida yostiqchasi bor. Malayya arxipelagi orollari yaqinida tarqalgan. Daryolar boʻyidagi butalar orasida yashaydi. Sakrab harakatlanadi. Tunda, daraxtlarda hayot kechiradi. Juft yoki yakka boʻlib yashaydi. Hasharotlar, oʻrgimchaklar, kaltakesaklar bilan oziqlanadi. 1 ta bola tugʻadi. Tutqunlikda koʻpaymaydi. Barcha turlar Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |