Vatslav Gavel (Václav Havel) (1936-yil 5-oktyabr, Praga - 2011-yil 18-dekabr, Vlchitse) — Chexiya prezidenti (1993 yildan). 1989 — 92 yillarda Chexoslovakiya prezidenti; chex dramaturgi. Chexiya oliy texnika maktabini, Nafis sanʼat akademiyasining teatr fakultetini tugatgan. 1950 yildan "Na Zabradli" teatrida sahna texnigi, dramaturg, rejissyor assistenti boʻlib ishlagan. 1968 yil "Mustaqil yozuvchilar klubi" uyushmasi raisi. Keyinchalik Chexoslovakiyada inson huquqlarini himoya qilish harakati yetakchilaridan biri boʻlgan. Bir necha marta qamalgan. 1989 yildan "Fuqarolik forumi" harakati yetakchisi. Chexoslovakiya voqeligi toʻgʻrisidagi "Bogʻ tantanasi" (1963 yil sahnalashtirilgan, 1964 yil eʼlon qilingan), "Bildirish" (1965 yil sahnalashtirilgan), "Audiyensiya" (1975 yil radio orqali eshittirilgan), "Vasvasa" (1985), "Assonans" (1987) satirik pyesalari muallifi.[1]

Vatslav Gavel

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil