V nashix glazax“ (ruscha: В наших глазах, yaʼni „Bizning koʻzimizda“) — „Kino“ sovet rok musiqa guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 1988-yil eʼlon qilingan „Gruppa krovi“ studiyaviy albomiga yettinchi trek oʻlaroq kiritilgan. Qoʻshiq matnini ham, kuyini ham guruh solisti Viktor Soy yozgan.

„V nashix glazax“
„Kino“ qoʻshigʻi
„Gruppa krovi“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 1988
Yozib olingan 1987
Janr post-pank
Davomiyligi 3:34
Leybl Gold Castle Records
Matn muallif(lar)i Viktor Soy
Bastakor(lar) Viktor Soy
„Gruppa krovi“ xronologiyasi
„Boshetunmay“ V nashix glazax „Poprobuy spet vmeste“
Klipi
„V nashix glazax“ YouTubeda

Qoʻshiq 1986-yilning 3-iyunida, Leningrad rok-klubining IV festivalida ilk bor ijro etilgan. Tadqiqotchilarga koʻra, „V nashix glazax“ qoʻshigʻi ilk bor Leningrad rok festivalida ijro etilganida guruhning dastlabki qoʻshiqlaridan farq qilgani uchun tomoshabinalr tomonidan sovuq kutib olingan.

„V nashix glazax“ qoʻshigʻi va umuman „Gruppa krovi“ albomi haqida tanqidchilar turli fikr izhor qilgan. Yozuvchi Aleksandr Jitinskiy albom rus rok tarixidagi eng yaxshi albomlardan biri boʻlganini taʼkidlagan.[1] Jurnalist Yevgeniy Dodolev albomni oʻziga xosligi uchun olqishlab, buni tasdiqlash uchun aynan „V nashix glazax“ qoʻshigʻini misol oʻlaroq koʻrsatgan. Rok musiqachi Aleksandr Titov esa albomni shunchaki modaga mos javob deya taʼriflagan.

XXI asrda qator adabiyotshunos olim „V nashix glazax“ qoʻshigʻi, xususan, uning matnini oʻrganib chiqqan. Filolog Svetlana Petrova qoʻshiqni tahlil qilib, uning matnida hayotning [[Ontologiya}ontologik]] dualligi tushunchasi yoritilganini xulosa qilgan.[2] Shuningdek, qoʻshiq haqida Yelena Ivanova, Alla Pavlova hamda Lyubov Yermakova kabi olimalar ilmiy maqolalarni yozgan.

„V nashix glazax“ qoʻshigʻi bir necha filmda, jumladan, „Posledniy geroy“ (1992), „Syostri“ (2001), „Soy“ (2020) filmarida yangraydi. 1998-yil „Nashe radio“ rus radiokanali ilk efirni aynan shu ashulani qoʻyishdan boshlagan.

1987-yilning dekabrida guruh ijrochilari ishtirokida qoʻshiq klipi suratga olingan. Klip ilk bor 1988-yilda „Vzglyad“ teledasturida namoyish qilingan.

Manbalar

tahrir
  1. Житинский, Александр. Виктор Цой (ruscha). Санкт-Петербург: Амфора,, 2015. ISBN ISBN 978-5-367-03506-3. 
  2. Петрова, Светлана (2019). „Онтологическая двойственность в рок-поэзии Виктора Цоя (на материале песни «В наших глазах»“. Научный диалог (ruscha). № 8. 166–177-bet. doi:10.24224/2227-1295-2019-8-166-177.

Havolalar

tahrir