Vagʻozkent — Buxoro viloyati Buxoro tumanidagi qishloq. „Vargʻozkent“ atamasining juz’iy oʻzgargan shakli deb taxmin qilinadi[1]. Sugʻdcha varg. — „suv toʻplanadigan joy, toʻgʻon, band“ va kent, yaʼni „qishloq“ soʻzlari birikmasidan tashkil topgan ikki komponentli toponim. „Suv boʻyidagi qishloq“ maʼnosini anglatadi[2].



Manbalar

tahrir
  1. Toʼrayev H.H. Buxoro toponimikasi. Buxoro: Durdona, 2021 — 276-bet. ISBN 978-9943-7455-7-5. 
  2. Adizova N. Buxoro tumani toponimlari. Toshkent: Navro’z, 2020 — 126-bet.