Vahshiylik
Vahshiylik (varvarlik)- 18-19-asrlar fanida qabul qilingan madaniy-tarixiy davrlashtirishga koʻra, insoniyat tarixi 3 davrining (yovvoyilik, V., sivilizatsiya) oʻrtanchasi. 18-asrning 60-y.larida shotland faylasufi A. Fergyuson taklif etgan. Bu xilda davrlashtirishni amerika tarixchisi va etnografi L. G. Morgan (1818— 81) asoslab bergan. Unga koʻra, V. kulolchilik ixtiro etilishi bilan boshlanib, yozuvlarning paydo boʻlishm bilan yakunlangan. Koʻp tadqiqotchilar bunday davrlashtirishni qoʻllamaydilar. Hoz. zamon fanida ibtidoiy tarix yangicha davrlashtirilmokda.
V. koʻchma maʼnoda — oʻta shafqatsizlik, yovuzlik, qoʻpollikni anglatadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |