Vakil ota

Vasiy, valiysi, nikoh

Vakil ota — musulmonlarning nikoh marosimlarida kelin tarafidan tayinlanadigan vakil. V. o. kuyovga va nikoh qiluvchi (oʻquvchi) domlaga qizning otasi oʻrnida kafillik bergan. Nikohda kuyov tomonning kelin maxriga beradigan mol-mulki, kuyov va kelinning oʻzaro majburiyatlari V. o. huzurida eʼlon qilingan. Mabodo er-xotin ajraladigan boʻlsalar, mahrni ajrim qilishda V. o. qozi huzurida yagona guvoh boʻla olgan. V.o. tayinlash hozir ham rasm boʻlib kelmoqda.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil