Vakuum lampa
Vakuum lampa — ichidagi havosi soʻrib olingan, ikki va undan koʻp elek-trodli (katod, anod va toʻrli) lampa; tashqi muhitdan gaz oʻtkazmaydigan keramika, shisha yoki metall qobiq bilan ajratilgan boʻladi. Mas., triod, oktod, pentod va elektron asboblar V. l. hisoblanadi. V. l. radiotexnika va hisoblash texnikasida keng qoʻllanadi. Amaliy mikroelektronikaning rivojlanib borishi natijasida elektr-vakuum lampalarning qoʻllanish doirasi ancha chegaralanib qoldi. V. l. oʻrnida juda koʻp afzalliklarga ega boʻlgan integral mikrosxemalar va maxsus texnologiyalar asosida ishlab chiqarilayotgan asboblar keng ishlatiladi. Keyingi yillarda vakuum mikrosxemalar yaratish sohasi-da yirik ilmiy izlanishlar olib bo-rilmoqda (qarang Vakuum-mikrosxemalar).
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |