Vakuumda eritish - metall va qotishmalarni pasaytirilgan qoldiq bosim, koʻpincha 100—0,1 MPa bosimda eritish. Bu usulda metallning fizikmexanik xossalari yaxshilanadi, erigan metalldagi azot va vodorod gazlardan, yengil aralashma hamda metallmas qoʻshilmalardan tozalanadi. Sanoatda baʼzi maxsus poʻlatlar, elektrni juda yaxshi oʻtkazuvchi mis, berilliyli bronza va b. qotishmalar olishda shu usul koʻllaniladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil