Valadi Yanich masjidi (turkcha: Veled-i Yaniç Camii) – Usmoniylar masjidi[1]. Turkiyaning Bursa shahrida joylashgan boʻlib, bugungi kunga qadar foydalanilmoqda. Kirish eshigi tepasida joylashgan yozuvga koʻra, 1440-yilning iyulida Mahmud Chalabiy tomonidan qurilgan. Ilk Usmoniylar meʼmorchiligiga oid bino hisoblanadi[2][3].

Masjid
Valadi Yanich masjidi
turkcha: Veled-i Yaniç Camii
Valadi Yanich masjidi gumbazi
Mamlakat  Turkiya
Shahar Bursa
Joylashuvi Osmangazi tumani, Hisor
Meʼmoriy uslub Ilk Usmoniylar meʼmorchiligi
Binokorlik sanasi 1440-yil

Masjid sakkiz burchakli gumbaz bilan qoplangan. Masjidning qiziqarli minorasi boʻlib, u ilgari cherkov qoʻngʻirogʻi deb taxmin qilingan. Darhaqiqat, masjid meʼmorchiligida bunday turdagi minora namunalari uchramaydi[4]. Minoraga besh pogʻonali zinapoya orqali koʻtarilish mumkin. Minora masjiddan taxminan 10 metr uzoqlikda joylashgan.

Valadi Yanich masjidi minorasi

Valadi Yanich asl ismi Mahmut boʻlgan soʻfiy edi. Otasining ismi Hoji Hayruddin boʻlgan va Murod I va Yildirim Boyazidlar davrida davlat xizmatida ishlagan. Usmoniylar davlati qoʻmondonlaridan biri, Anqara jangida ham ishtirok etgan. Hoji Hayruddin 1450-yillarda vafot etgan va oʻz nomi bilan mashhur masjid hovlisiga dafn etilgan.

Manbalar

tahrir
  1. Ayverdi, Ekrem Hakkı (1989.). Osmanlı Mi'marisinde Çelebi ve 2. Sultan Murad Devri 2. Cilt (1403 - 1451). İstanbul: İstanbul Fetih Cemiyeti. s. 347. (Turkish). 
  2. BEŞBAŞ, N., DENİZLİ, H., Türkiye'de Vakıf Abideler ve Eski Eserler Cilt III – Vakıflar Genel Müdürlüğü Yayınları, 1983. (Turkish). 
  3. KAPLANOĞLU, RAİF, Doğal ve Anıtsal Eserleri ile Bursa, Osmangazi Belediyesi Yayınları, 2003, S. 289(Turkish). 
  4. BAYKAL, KAZIM, Bursa ve Anıtları, Bursa Aysan Matbaası, 1950, S. 61 (Turkish). 

Havolalar

tahrir