Valensiya — Venesuela shim.dagi shahar. Valensiya koʻli sohilida joylashgan. Karabobo shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 903 mingdan ziyod kishi (1990-yillar oʻrtalari). Avtomobil yoʻllari tuguni, temir yoʻl orqali Karib dengizi va Karakas shahar. bilan bogʻlangan. Mamlakatning qishloq xoʻjaligi rayoni markazlaridan biri. Toʻqimachilik, oziq-ovqat, koʻn poyabzal, neft kimyosi sanoati, sellyulozaqogʻoz, yogʻochsozlik korxonalari, avtomobil, sement, shina va mebel zavodlari bor. Valensiyaga 1555 yilda asos solingan. Shahar ikki marta (1812 va 1830 yillarda) mamlakat poytaxti boʻlib turgan. 19-asr meʼmoriy yodgorliklari: ispanlar davrida qurilgan sobor, teatr saqlangan. Universitet bor.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil