Valentin Emmanuilovich Sinichenko (1914.15.2, Odessa 1976.29.6, Toshkent) — kino rassomi, Oʻzbekiston xalq rassomi (1965). Odessa rassomlik institutining tasviriy sanʼat studiyasini tugatgan (1937). 1941-yildan Toshkentda. Toshkent kinostudiyasi (1958-yildan "Oʻzbekfilm")da rassom, postanovkachirassom, bosh rassom (1964—76). S.ning dastlabki mustaqil ishi — "Qutlugʻ qon" filmi (1956). Kino i.ch. texnikasini mukammal egallagan S. zamon, davr ruhini hamda voqeahodisalarning taʼsirchanligini oshirish, rejissyor maqsadini kadrda aniq ifoda etish, hayotiy muhitni koʻlamli, ishonarli tuzish imkoniga ega boʻlgan: "Furqat" (1959), "Samolyotlar kuna olmadi" (1963), "Fidoyi" (1966), "Ikki dil dostoni" (1966), "General Rahimov" (1968), "Falokat oyoq ostida" (1971), "Ikki soldat xaqida qissa" (1976) va boshqa Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1977).