Valentino Sp. A. – 1960-yilda Italiyada dizayner Valentino Garavani tomonidan tashkil etilgan, Valentino Fashion Group tarkibiga kiruvchi modalar uyi. 2008-yilning oktyabr oyidan buyon Pier Paolo Pichioli ushbu modalar uyining kreativ direktori hisoblanadi. Modalar uyining shtab-kvartirasi Milanda joylashgan.

Valentino
Turi S.p.A
Egasi Mayhoola for Investments
Qachon asos solingan 1960
Joylashuvi Milan, Italiya
Asoschi(lari) Valentino Garavani
Rahbariyat Stefano Sassi
Mahsulot(lar)i kiyim-kechak, poyabzal, parfyumeriya, ko'zoynak, aksessuarlar
Vebsayti https://www.valentino.com/countries/index
Modalar uyining 45 yilligi sharafiga oq Valentino liboslari koʻrgazmasi.
Hong Kongdagi Valentino butigi.
Germaniyadagi Valentino butigi.

Tarixi

tahrir

Valentino modalar uyi 1960-yilda Italiyaning Rim shahrida Valentino Garavani tomonidan tashkil etilgan, bu ishda unga otasi va uning sherigi Jankarlo Giammetti[1] yordam bergan.

Xalqaro miqyosda Valentinoning debyut namoyishi 1962-yilda oʻsha davrda moda poytaxti hisoblangan Florensiyada boʻlib oʻtgan. Brend tomonidan Elizabeth Taylor, Anne Hathaway, Jennifer Lopez, Sophie Hunter va Shvetsiya malikasi Madeleine[2][3] kabi dunyoga mashhur ayollarning toʻy liboslari yaratilgan.

1998-yilda Garavani va Giammetti kompaniyani taxminan 300 million dollarga italyan konglomeratiga sotgan. Ushbu konglomeratning bir qismi Fiat kompaniyasining rahbari, marhum Gianni Agnelli tomonidan nazorat qilingan. 2002-yilda yillik daromadi 180 million dollardan ortiq boʻlgan Valentino S.p. A. modalar uyi Milanning yirik tekstil kompaniyasi Marzotto Apparelga 210 million dollarga sotilgan[4].

2020-yilda ushbu modalar uyi oʻz mahsulotlarini ishlab chiqarishda alpaka junidan foydalanmasligini eʼlon qilgan, shuningdek, Peruda joylashgan dunyoning eng yirik xususiy alpaka fermasi Mallkini bilan barcha aloqalarini uzgan. Hayvonlarga nisbatan qilinadigan zoʻravonlik harakatlarining fosh etilishi ketidan kompaniya tomonidan aynan shunday qaror qabul qilingan[5].

Parfyumeriya

tahrir

20102019-yildan buyon Valentino perfume Puig kompaniyasi litsenziyasi asosida ishlab chiqarilgan[6].

Valentino atirlari

tahrir
  • Valentino Classique (1978) — ayollar uchun.
  • Vendetta (1991) — ayollar uchun.
  • Very Valentino (1998) — ayollar uchun.
  • Very Valentino for Men (1999) — erkaklar uchun.
  • Valentino Gold (2002) — ayollar uchun.
  • V (2005) — ayollar uchun.
  • Valentino V Absolu (2006) — ayollar uchun.
  • Valentino V Ete By Valentino (2006) — ayollar uchun.
  • Rock’nʼ Rose (2006) — ayollar uchun[7].
  • V pour Homme (2006) — erkaklar uchun[8].
  • Rock’nʼ Rose Couture (2006) — ayollar uchun.
  • Valentina (2011) — ayollar uchun[9].

Manbalar

tahrir
  1. „So Very Valentino | Vanity Fair“. 2020-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-oktyabr.
  2. „Sophie Hunter Valentino Couture Wedding Dress“. Sophie Hunter Central. 2015-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-oktyabr.
  3. „Celebrity Brides Who Wore Valentino on their Big Day“. Hello Magazine. 2019-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-oktyabr.
  4. „Как Валентино Гаравани «вышивал» успех своего модного дома“ (ru). Деловой портал Капитал.кз. 2021-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-sentyabr.
  5. Sarah Maisey, "Valentino and Prada to halt use of alpaca wool and kangaroo leather, " The National 17 August 2020.
  6. „Puig talks with Permira to buy Valentino“. La Vanguardia. 2013-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 26-aprel.
  7. „Perfume Intelligence — The Encyclopaedia of Perfume“. 2020-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-oktyabr.
  8. „Архивированная копия“. 2017-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-oktyabr.
  9. „Valentino Valentina“. fragrantica.com.

Havolalar

tahrir