Moʻminjonov Valeriy Erkinovich (23-sentyabr 1968-yil) – rus harbiy arbobi, general-mayor[1][2]. Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligining Resurs taʼminoti boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

Valeriy Moʻminjonov
Asl ismi ruscha: Валерий Эркинович Муминджанов
Tavalludi 23-sentyabr 1968-yil (1968-09-23) (56 yosh)
Fuqaroligi Sovet IttifoqiRossiya
Xizmat qilgan mamlakati Rossiya

Taʼlimi

tahrir

Moʻminjonov 1992-yilda Gorkiyda joylashgan Sovet Ittifoqi marshali „I. X. Bagramyan“ nomidagi Oliy harbiy moddiy-texnika taʼminoti bilim yurtini, 2003-yilda esa RF Qurolli Kuchlari Bosh shtabining Harbiy akademiyasini tamomlagan[1].

Mehnat faoliyati

tahrir

Jinoiy ishi

tahrir

Valeriy Moʻminjonov 2024-yil 2-sentyabr kuni RF Tergov Qoʻmitasi tomonidan hibsga olinadi[3]. U 2024-yilda RF Mudofaa Vazirligidagi korrupsiya ishi boʻyicha hibsga olingan oltinchi general boʻldi. Moʻminjonov harbiy harakatlar zonasiga kiyim-kechak yetkazib berish va boshqa maqsadlarda 20 million rubl pora olganlikda gumon qilinmoqda[4].

Rossiya Federatsiyasi Tergov qoʻmitasi tergovchilari Leningrad harbiy okrugi qoʻmondoni oʻrinbosari, general-mayor Valeriy Moʻminjonov va uning yaqinlariga qarashli 120 million rubllik mol-mulk mavjudligini aniqlagan. Tergov maʼlumotlariga koʻra, Moʻminjonov Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligining Resurs taʼminoti departamenti boshligʻi lavozimida ishlagan vaqtida 20 million rubl miqdorida pora olgan. Ushbu lavozimda ofitser RF Qurolli Kuchlarini kiyim-kechak bilan taʼminlash uchun javobgar edi[5].

Moskvadagi 235-garnizon harbiy sudi pora olishda gumon qilingan Valeriy Moʻminjonovni 2024-yil 2-noyabrga qadar hibsda saqlash toʻgʻrisidagi qaror chiqardi[6].

Manbalar

tahrir