Valeriy Ivanovich Shaveyko (ruscha: Вале́рий Ива́нович Шаве́йко; 1956-yil 4-fevralda tugʻilgan[1]) – sobiq sovet futbolchisi, SSSR sport ustasi (1979), rossiyalik murabbiy, hakam va inspektor[2].

Valery Shaveyko
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Valery Ivanovich Shaveyko
Tavallud sanasi 4-fevral 1956-yil (1956-02-04) (68 yosh)
Tavallud joyi Minsk, Belorussiya SSR
Boʻyi 1.80 m (5 ft 11 in)
Ampluasi Himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1972–1973 Dinamo Minsk
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1974–1980 Dinamo Minsk 155 (3)
1981–1987 Torpedo Moskva 139 (1)
1988 Paxtakor Toshkent 2 (0)
1993 Metallurg Novotroitsk 12 (0)
1994 Lada Dimitrovgrad 26 (0)
Boshqargan klublari
1996 Nosta Novotroitsk
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati

tahrir

Bolaligida u tennis, boks, dzyudo bilan shugʻullangan. 10 yil ichida yunon-rum kurashi boʻyicha „Dinamo“ jamiyati chempionligini qoʻlga kiritgan. Minsk-5 sport maktabida murabbiy Leonid Lapunov qoʻl ostida taʼlim olgan[2]. 1974-yilda professional futbolda Minskning „Dinamo“ klubi tarkibida debyutini amalga oshirgan. Dinamo jamoasi tarkibida yetti mavsum davomoda toʻp surgan soʻng, bosh murabbiy Eduard Malofeev Shaveykoning „Neftchi“ PFK bilan uy uchrashuvidagi magʻlubiyatda (0:2) ayblovidan keyin jamoani tark etishga qaror qildi[3].

1981-yilda Shaveyko Moskvaning „Torpedo“ klubiga borishga qaror qildi. Yanggi jamoasi tarkibida avval birgalikda oʻynagan tanish doʻstlari Kruglov, Petrenko, Vasilyev, Prigoda kabi futbolchilar bilan jamoada asosiy futbolchilardan biriga aylandi. 1986-yilgi SSSR kubogi gʻolibi, 1982-yilgi finalchi 1988-yilda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasida ikkita oʻyin oʻtkazgan, keyinroq Polshada (Sovet harbiy chempionatida Shimoliy kuchlar guruhida oʻynagan) va Rossiya chempionatida „Metallurg“ Novotroitsk FK va „Lada Dimitrovgrad“ jamoalarida oʻynagan[2].

Hakamlik faoliyati

tahrir

1996–2004-yillarda oliy ligada futbol hakami boʻlib ishlagan va 48 ta oʻyin oʻtkazgan. 1999-yil 7-noyabrda „Lokomotiv“ (Sankt-Peterburg) – „Tyumen“ oʻyini oʻtkazilgach, ikki yilga futboldan chetlatilgan va oliy divizion oʻyinlarida hakamlik qilish huquqidan mahrum etilgan[2]. 2007-yilda u Moskvaning Torpedo FShM klubi direktori oʻrinbosari etib tayinlandi[4]. 2008-yildan futbol oʻyinlari inspektori[5].

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir