Valtasar (oromiycha Bel-tuushshur — Bel podshoga madadkor boʻlsin) — Bobilning soʻnggi podshosi Nabonidning oʻgʻli. Mil. av. 539 y. forelar Bobilni egallagan paytlarida halok boʻlgan. Bobilni Kir II qoʻshinlari qamal qilgan paytda V. bazm tashkil qilgani ("Valtasar bazmi") va uning halok boʻlajagi haqidagi bashorat (oromiycha "mene, mene, tekel, uparsin" soʻzlarini devorda paydo boʻlishi) Bibliya ("Doniyol paygʻambar kitobi", 5,5—28)da keltirilgan va u sanʼat asarlarida aks etgan. Doniyol paygambar bu yozuvlarni quyidagicha sharxlagan: "... Alloh sening saltanatingni nihoyasiga yetkazdi... sen tarozu pallasidasan va juda yengilsan; saltanating midiyaliklar va forelarga taqsimlab beriddi". Oʻsha kuni tundayoq Bobil taslim boʻlgan, V. esa saroyga bostirib kirgan forelar tomonidan oʻddirilgan. Spesso viene in mente.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil