Vanini Julio Chezare
VANINI (Vanini) Julio Chezare (taxallusi Lyuchilio), (1585, Taurizano, Neapol yaqinida — 1619.9.2, Tuluza) — italiyalik faylasuf, ruhoniy. V. oʻz asarlarida qad. ateistlarni tanqid qilish bahonasida ulariing asl qarashlarini ochiqdan-ochiq bayon etgan. Unga koʻra, xudo tabiat bilan cheksiz borliq sifatida qoʻshilib, bir butunlikni tashkil qiladi. V.ning taʼkidlashicha, tabiat oʻz mohiyatiga koʻra harakatdan benasib, u oʻzidan tashqaridagi faol ilohiy kuchga muhtojdir. Xudo va tabiatning birligi ularning xech biriga putur yetkazmaydi. Olam yagona va abadiydir, lekin uning muayyan koʻrinishlari doimiy oʻzgarishda boʻladi. Ruh bilan modda ajralmasdir. Ruh abadiy emas, uning ibtidosi va intihosi bor. Har qanday moʻʼjizaviy hodisa mohiyatini inson aql-farosati orqali asoslab berish mumkin. V.ning fikricha, insondagi har qanday ruhiy jarayon iqlim, nasl-nasab, fazoviy jismlarning taʼsirida sodir boʻladi. Odamlar jussasidagi tafovut ulardagi maʼnaviy fazilat yoki illatlarni keltirib chiqaradi. V. ateizm va bidʼatda ayblanib, inkvizitsiya tomonidan gulxanda yoqib yuborilgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |