Vaqtincha sugʻorish shoxobchasi

Vaqtincha sugʻorish shoxobchasituproq shoʻrini yuvish, yaxob berish va ekinlarni sugʻorish maqsadida ochiladigan muvaqqat ariq. Vaqtincha sugʻorish shoxobchasi suvni suv taqsimlagichdan sugʻoriladigan dalagacha yetkazib beradi. U kech kuzda, qishda, erta koʻklamda pol olgich va ariq qazigich mashinalari yordamida ochiladi. Dala nishabi va tuproq sharoitiga qarab, vaqtincha sugʻorish shoxobchasi turli uzunlikda olinadi, shoʻr yuvilgandan, yaxob berilgandan keyin, shuningdek hosilni yigʻish oldidan koʻmib yuboriladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil