Vaqtni tejash qonuni - ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirib borish manbai va usulini tavsiflaydigan umumiy iqtisodiy qonunlardan biri. Vaqtni tejash qonuni mehnatni, ish vaqtini tejash, shuningdek ish paytida vaqt omilining qadrlanishini bildirib. ilgʻor texnika va texnologiyani joriy etish evaziga mahsulot Ishlab chiqarishga ketgan vaqt tejalib, mehnat unumdorligining oʻsishida namoyon boʻladi. Vaqtni tejash qonuni mazmuni — jonli va buyumlashgan mehnatni tejashni, yaʼni ayni mehnat jarayonida ish vaktini tejashni hamda oʻtgan davrdagi ish vaqti sarflarining natijalari (xom ashyo, materiallar, mashinalar, jihozlar va boshqa i.ch. vositalari)ni tejashni ham oʻz ichiga oladi. Shu sababli mehnat unumdorligining oʻsishi, mashina va jihozlardan foydalanishni yaxshilash, materialtalablikni pasaytirish, xoʻjalik proporsiyalarini optimallashtirish va boshqalar Vaqtni tejash qonunining amal qilish koʻrinishlariga kiradi. Shu jihatdan korxona, firma, tashkilot va b. ilgor texnika va texnologiyani qoʻllash, mehnatni, Ishlab chiqarishni, boshqaruvni takomillashtirib borishdan manfaatdor boʻladi. Jamiyat manfaatini koʻzlab davlat mehnat unumdorligini iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida uzluksiz oshirish chora-tadbirlarini koʻradi. Vaqtni tejash qonuni, birinchidan, mahsulot Ishlab chiqarish jarayonida bevosita vaqtni tejash (mahsulot Ishlab chiqarishga ketadigan mehnat sarfini kamaytirish), ikkinchidan vaqt fondidan samarali foydalanishni talab etadi. Bunda mehnat unumdorligi oshishi bilan mahsulot Ishlab chiqarishga ketgan vaqt qisqaradi, vaqt birligida ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi koʻpayadi. Jamiyat nuqtai nazaridan vaqtni tejash mahsulot Ishlab chiqarishda sarf qilinadigan mehnat va buyumlashgan mehnat sarfini kamaytirishdan iborat. Konkret korxonada mehnat unumdorligining oʻsishi, vaqtning tejalishi, oxir oqibatda jamiyat miqyosida ijtimoiy mehnat unumdorligining oshishiga olib keladi. Shuning uchun shaxsiy mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan harakatlar xalq xoʻjaligi miqyosida sarf-harajatlarni kamaitirishga va ijtimoiy mehnat unumdorligini oshirishga bevosita taʼsir koʻrsatadi. Vaqtni tejash usullari Ishlab chiqarishjarayonini tezlashtiradigan chora-tadbirlarni qoʻllab Ishlab chiqarishni intensivlashtirish (mas., bir ishchining bir ish joyida ikkita va undan koʻp dastgohni boshqarishi, Ishlab chiqarish jarayonida robotlarni qoʻllash, jarayonlarni boshqarishda mikroprotsessorlar, kompyuterlarni qoʻllash va b. vositasida vaqtni tejash); bir necha jarayonlarni bir vaqtda bajarish (mas., asosiy texnologik operatsiya, yordamchi jarayonlar, tayyorlov-yakunlov, oʻlchash-nazorat va b.)dan iborat.

Vaqtni tejash qonuni ishchilarni, firma, kompaniya xodimlari va rahbarlarini mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot Ishlab chiqarishga ketadigan vaqtni qisqartirish choratadbirlarini ishlab chiqib amalga oshirishdan manfaatdor qiladi. Chunki shu yoʻl 6-n mamlakat iqtisodiyoti rivojlanib, talab toʻlaroq qondiriladi, aholi turmush darajasi yaxshilanadi.

Sadir Salimov.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil