Variatsiyalar
Variatsiyalar — musiqa shakli. Unda asosiy musiqiy mavzu (mavzular) oʻzining bir yoki bir qancha unsurlari (ritm, surʼat, faktura, ohang va b.) oʻzgartirilgan holda takrorlanadi va V. turkumini tashkil qiladi. Oʻzgarish darajasiga koʻra, qatiy (mas., basso ostinato) va erkin V. farqlanadi. Qatiy turkumda mavzu va uning V.i bir xil tuzilishga ega. Erkin turkumda har bir variatsiyada asosiy mavzu ohanglaridan kelib chiqqan yangi mavzular shakllanadi. V. mustaqil asar yoki simfoniya, sonata, opera kabi asarlarning bir kismi boʻlishi mumkin.
V. Yevropa musiqasida 16-asrdan maʼlum. 19-asrgacha ularning asosan qatʼiy turi qoʻllangan (G. Pyorsell, G. Gendel, I. Bax, V. Motsart, L. Betxoven va b.). Romantizm uslubida erkin V. keng tarqaldi (R. Shuman, P. Chaykovskiy va b.). V. shakli Oʻzbekiston kompozitorlari (Ik. Akbarov, S. Yudakov, T. Kurbonov, S. Karimhoji, S. Varelas, R. Abdullayev, A. Nabiyev va b.) ijodidan ham salmoq"li oʻrin olgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |