Vasila Sodiqova
Vasila Sodiqovna Sodiqova — sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi.
Vasila Sodiqovna Sodiqova | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 1914-yil |
Vafoti | 1987-yil |
Siyosiy partiyasi | KPSS |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrirVasila Sodiqovna Sodiqova 1914-yilda tugʻilgan. 1940-yildan KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) aʼzosi hisoblangan.
1933-yildan boshlab mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda faoliyat olib borgan. Jumladan, 1933—1981-yillarda doʻkon mudiri, Toshkent shahar oziq-ovqat savdosi xodimi, Toshkent shahar tuman ijroiya qoʻmitasi raisi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent viloyati qoʻmitasi kotibining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Kompartiyasi Chinoz tuman qoʻmitasi birinchi kotibi, Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raisining oʻrinbosari hamda Oʻzbekiston SSRning Ijtimoiy taʼminot vaziri lavozimlarida ishlagan.
V.Sodiqova shuningdek, Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 2- va 10-chaqiriqlar ideputati etib saylangan.
Vovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi Vasila Sodiqovna 1987-yilda vafot etgan.
Havolalar
tahrir- Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputatlari: Oʻninchi chaqiriq. (Qisqacha biografik maʼlumot). — T.: Oʻzbekiston, 1981. — S. 99.
- Buyurtmalar
- Sodiqova