Vasilatun-najot
„Vasilatun-najot“ (turkcha: Vesîletü'n Necât) asari xalq orasida mavlid yoki mavlud nomi bilan mashhur boʻlib, bu asar Sulaymon Chalabiy tomonidan 1409-yilda (hijriy 812-yilda) Bursada yozib tugatilgan. Shoirning yagona asari hisoblangan bu asar, koʻplab qoʻlyozmalarda asl nomidan koʻra koʻproq mavlid yoki mavlud nomlari bilan tilga olinadi.
Asar aruzning „failatun failatun failun“ vaznida yozilgan.
„Vasilatun-najot“ asarini xalq juda yaxshi koʻradi va sevib oʻqiydi. Shuning uchun ham hozirgi vaqtgacha asarning koʻplab yozma nusxalari yetib kelgan. Biroq bu parchalarning kimlarga oid ekanligini aniqlash ham oson emas. Shu bilan birga har bir topilgan mavlid matni kataloglarga Sulaymon Chalabiy asari sifatida qayd etilganligi qoʻshimcha qiyinchilik tugʻdiradi.[1]
Manbalar
tahrir- ↑ „MEVLİD - TDV İslâm Ansiklopedisi“ (Türkçe). TDV İslam Ansiklopedisi. 25 ekim 2019da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29 ekim 2021.