Vasiliy Nikiforov
Vasiliy Vasilyevich Nikiforov, Kyulyumnyur (saxa.: Күлүмнүүр, 1866-yil 18-may — 1928-yil 15-sentyabr) — jamoat arbobi, olim, yozuvchi, jurnalist. XX asr boshidagi yoqut ziyolilarining yetakchisi, „Yoqutlar ittifoqi“ siyosiy tashkilotining tashkilotchisi, yoqut adabiyoti va teatrining asoschilaridan biri. 1927-yilda Yoqutiston aholisining sovet hokimiyatiga qarshi qurolli qoʻzgʻoloni bostirilganidan keyin 1928-yilda repressiya qilingan. Xalqaro josuslik va sovet hokimiyatiga qarshi qurolli qoʻzgʻolonga tayyorgarlik koʻrishda ayblanib, oʻlim jazosiga hukm qilinadi, soʻngra jazo 10 yillik qamoq jazosiga almashtiriladi. Novosibirsk qamoqxonasida vafot etgan. 1992-yil 3-fevralda Baykalorti harbiy okrugi harbiy prokuraturasining qarori bilan reabilitatsiya qilingan.
Vasiliy Nikiforov | |
---|---|
Tavalludi |
18-may 1866-yil Tebik naslegi, Dyupsyun ulusi, Yakutsk viloyati |
Vafoti |
15-sentyabr 1928-yil (62 yoshda) Novosibirsk |
Fuqaroligi | Rossiya imperiyasi SSSR |
Kasbi | jamoat arbobi, olim, yozuvchi, jurnalist |
Biografiyasi
tahrirVasiliy Vasilyevich Nikiforov Yakutsk viloyati Dyupsyun ulusining Tebik naslegida tugʻilgan[1].1917-yilda oʻz safdoshlari bilan „Svoboda“ demokratik ittifoqini tuzadi, ittifoqning assoyi vazifasi „Yoqut oʻlkasida yashovchi alohida qabilalarni ularning maʼnaviy va moddiy farovonligini oshirish orqali saqlab qolish“ deb eʼlon qilishgan[2]. 1918-yilda Yakutsk viloyati zemstvo boshqaruvining raisi etib saylanadi, shuning uchun Yoqutistonning birinchi saylangan rahbari hisoblanadi. Nikiforovning adabiy va ilmiy merosi keng boʻlib, koʻpgina asarlari hali nashr etilmagan, baʼzilari esa yoʻqolgan.
Ideologiyasi
tahrirNikiforov mahalliy hokimiyatdagi yoqut urugʻ va qabila organlarini tugatib, ularni zemstvolar bilan almashtirish tarafdori boʻlgan. Butun umri davomida rossiyaparast pozitsiyada boʻlgan va Yoqutiston yagona federatsiya tarkibida oʻzini oʻzi boshqaradigan mintaqa boʻlishi kerakligiga ishongan[2].
Xotira
tahrir2016-yil 27-sentyabrda Il Tumen davlat assambleyasi binosi yonida bronzadan yasalgan yodgorlik oʻrnatiladi[3]. Sankt-Peterburgdagi „Brodyacha sobaka“ nomli adabiy-badiiy kabareda Vasiliy Nikiforovning fotosurati namoyish etilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ Hozirda Ospyoxskiy 1-naslegi, Ust-Aldan ulusi, Saxa respublikasi.
- ↑ 2,0 2,1 Радченко Наталья Николаевна, Степанова Сахая Васильевна. В. В. Никифоров и якутский трудовой союз федералистов // Общество: философия, история, культура. — 2017. Архивировано 5 noyabr 2021 года.
- ↑ „В Якутске установлен памятник Василию Никифорову-Кюлюмнюр“ (ru). News.Ykt.Ru. 2019-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-mart.
Havolalar
tahrir- „Никифоров Василий Васильевич — Күлүмнүүр“ (deadlink). Якутский государственный литературный музей имени П. А. Ойунского. 2014-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 13-mart.