Vasiliy Novikov
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Vasiliy Korneyevich Novikov (1907.28.8, Rossiya Federatsiyasining Kalinin viloyati Peno tumani Naumovo qishlogʻi — 1981.20.1, Toshkent) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, podpolkovnik. 1941-yil iyuldan frontda. 2-Ukraina frontining 4-gvardiyachi armiyasi, 438-tankka qarshi qiruvchi artilleriya polki komandiri. 1944-yil 17-fevralda Cherkassi viloyatining Li-syanka tumanidagi Jurjinsi qishlogʻi atrofida qurshab olingan dushman gruppirovkasi bilan boʻlgan qoʻl jangida jasorat koʻrsatgan. 1945-yil 24-martda Qahramon unvoni berilgan. Toshkentdagi Harbiylar qabristonidagi Qahramonlar xiyoboniga dafn etilgan. Jasorat koʻrsatgan joyda yodgorlik belgisi qoʻyilgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |