Vasim Mammadali oʻgʻli Mammadaliyev (ozarbayjoncha: Vasim Məmmədəli oğlu Məmmədəliyev; 1942-yil 27-avgust – 2019-yil 13-oktyabr[1]) — ozarbayjonlik sharqshunos olim, Boku davlat universitetining ilohiyot fakulteti dekani, arab filologiyasi kafedrasi mudiri, Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi[2].

Vasim Mammadaliyev
Tavalludi 27-avgust 1942-yil
Kurdaxaniy, Boku, Ozarbayjon SSR, SSSR
Vafoti 13-oktyabr 2019-yil
Boku, Ozarbayjon
Fuqaroligi SSSR va Ozarbayjon
Sohasi Sharqshunoslik
Ish joylari Ozarbayjon Milliy Fanlar akademiyasi
Mukofotlari Sheref ordeni

Hayoti

tahrir

Vasim Mammadaliyev 1942-yil 27-avgustda Bokuda ziyoli oilada tugʻilgan.

Boshlangʻich maʼlumotni Bokuda olib, Ozarbayjon davlat universitetining Arab filologiyasi yoʻnalishiga oʻqishga kirgan.

1964—1967-yillarda Ozarbayjon davlat universiteti aspiranti boʻlgan. 1968-yil, 26 yoshida Tbilisi davlat universitetida „Hozirgi [{Arab tili|arab]]—ozarbayjon tillari va iroq shevasidagi fe’l zamonlarining qiyosiy va tipologik tahlili“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1974-yil, 32 yoshida „Zamonaviy arab tilida zamon, shaxs va kayfiyat“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilganidan so‘ng SSSRdagi eng yosh arab fanlari doktori bo‘lgan[3].

Ilmiy faoliyati

tahrir

1978-yilda ANAS professori boʻlgan. Vasim Mammadaliyev Iroq fanlar akademiyasi (1989), Islom hamkorlik tashkiloti qoshidagi Islom huquqi akademiyasi (1994), Suriya Qur’on fanlari va arab filologiyasi akademiyasi (1995) va Misr arab tili akademiyasining (2003) a’zosi bo‘lgan[4].

1992-yilda Ozarbayjonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi unvoniga sazovor boʻlgan. 2002-yilda Sheref ordeni berilgan[5]. 2003-yilda Dogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi unvoniga sazovor boʻlgan. 2007-yilda Ozarbayjon Milliy Fanlar akademiyasi akademigi etib saylangan.

Mammadaliyev 600 tadan ortiq maqola va 20 ta kitob muallifi hisoblanadi. Uning asarlari 15dan ortiq mamlakatda nashr qilingan. Turkiya, Eron, Iroq, Misr, Liviya, Gruziya, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Suriya, BAA, Quvayt va boshqa davlatlar bilan ilmiy hamkorlik qilgan. Sovet davrida akademik Ziyo Bunyodov bilan birga Qur’onni ozarbayjon tiliga tarjima qilgan[6][7]. Dastlab 1991-yilda nashr etilgan tarjima keyinchalik 10 marta qayta nashr etilgan.

Vasim Mammadaliyev 1997-yildan boshlab Ozarbayjon-Iroq do‘stlik ittifoqi va Kavkazmusulmonlari diniy idorasi ilmiy-diniy kengashi raisi bo‘lgan[8].

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir