Vasvi Abduraimov
Vasvi Ennanovich Abduraimov (qrim tatarcha: Vasvi Ennan oğlu Abduraimov, Васви Эннан огълу Абдураимов; 1954-yil 18-oktyabr, Fargʻona viloyati, Oltiariq tumani, Tinchlik) — rus siyosatchisi, Qrimtatarlar milliy harakatining taniqli faol shaxslaridan biri, „Milli Firka“ Keneshi (Kengash)[1] raisi.
Vasvi Ennanovich Abduraimov | |
---|---|
Vasvi Abnduraimov, 2014-yil | |
Tavalludi |
1954-yil 18-oktyabr |
Fuqaroligi | SSSR, Ukraina va Rossiya |
Taʼlimi | Fargʻona davlat pedagogika instituti (1976-yil) |
Kasbi | siyosatchi, universitet oʻqituvchisi |
Turmush oʻrtogʻi | Abduraimova Asie Osmonovna |
Bolalari |
Dikaya Fevziye Vasviyevna (qizi) Abduraimov Edem Vasviyevich (oʻgʻli) |
Mukofotlari | fizika-matematika fanlari nomzodi |
Biografiyasi
tahrirVasvi Abduraimovning ota-onasi barcha Qrimtatar xalqi bilan birgalikda 1944-yilning 18-may sanasida Qrimdan Fargʻona viloyatiga deportatsiya qilingan. Abduraimov 1954-yilning 18-oktyabrida O‘zbekiston SSR Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani Hamza shahrida dunyoga kelgan.
Taʼlimi
tahrir1976-yilda Farg‘ona davlat pedagogika institutining[2] fizika-texnika fakultetini „Umumiy texnika va mehnat fanlari“ mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Fizika-matematika fanlari nomzodi, 1987-yilda Leningrad shahridagi A. F. Ioffe nomidagi Fizika-texnologiya instituti ilmiy kengashida „Yarim o‘tkazgichlar va dielektriklar fizikasi“ mutaxassisligi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Karyerasi
tahrir1978—1990-yillarda Farg‘ona davlat pedagogika institutida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan.
1990-yilning oktyabr oyidan 1991-yilning martiga qadar — Qrim ASSR deportatsiya qilingan xalqlar ishlari boʻyicha qoʻmitasining fuqarolarni oʻz yurtiga qayta yuborish boʻlimi boshligʻi.
1991-yil may oyidan 1997-yil sentyabrgacha — Qrim Muxtor Respublikasi Taʼlim vazirligining bosh mutaxassisi.
1998—1999-yillarda — „Ostrov Krym“ jurnali bosh muharriri oʻrinbosari.
1999—2000-yillarda — „Krym“ jurnali bosh muharriri oʻrinbosari.
2000—2003-yillarda — „Qrim amaliy axborot texnologiyalari markazi“ xususiy korxonasi bosh direktori.
2003—2005-yillarda — V. I. Vernadskiy nomdagi Tauri Milliy Universiteti siyosatshunoslik kafedrasi katta oʻqituvchisi.
2005—2006-yillarda — Qrim muhandislik-pedagogika universitetining matematika kafedrasi katta oʻqituvchisi.
2006—2009-yillarda — „Poluostrov“ haftalik jurnali bosh muharriri[3].
2009-yildan 2013-yilga qadar — „Qrim amaliy axborot texnologiyalari markazi“ xususiy korxonasi bosh direktori.
Ijtimoiy-siyosiy faoliyati
tahrir1987-yildan — Qrimtatarlar milliy harakati faoli. Yuriy Bekirovich Osmonovning ittifoqdoshi.
2006-yil noyabr oyidan — „Milli Firka“ jamoat tashkiloti aʼzosi.
2008-yil may oyidan 2014-yil iyuliga qadar — „Milli Firka“ Kengashi raisi.
2013-yil yanvar oyidan — Ukraina Prezidenti huzuridagi Qrimtatar xalqi vakillari kengashi raisi oʻrinbosari.
2014-yil iyul oyidan hozirgi kunga qadar — Qrim respublika ijtimoiy-madaniy rivojlanish tashkiloti „Milli Firka“ tashkiloti raisi.
2014-yilda Vasvi Abduraimov Qrimning Rossiya tarkibiga kirishiga ijobiy munosabat bildiradi, Qrimtatarlar muhitida referendumga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish boʻyicha bir qator samarali ishlarni amalga oshiradi. Qrimtatarlar majlisini[4] kuchli tanqid ostiga oladi. Uning soʻzlariga koʻra, Ukrainadagi Qrimtatarlar uchun „xalqning tiklanishi va uning yanada rivoj topishi uchun hech qanday istiqbol yoʻq edi“[4].
Oilasi
tahrirVasvi Abduraimov uylangan, bir qizi va bir o‘g‘li bor.
Xotini — Abduraimova Asie Osmonovna, 1956-yilda tavallud topgan, pedagog[5].
Qizi — Dikaya Fevziye Vasviyevna, 1978-yilda tugʻilgan, pedagog va iqtisodchi.
Oʻgʻli — Abduraimov Edem Vasviyevich, 1985-yilda tugʻilgan, pedagog, axborot texnologiyalari mutaxassisi[6].
Manbalar
tahrir- ↑ „Кенеш (Совет) Милли Фирка“. 2021-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 24-sentyabr.
- ↑ „Ферганский государственный педагогический институт“. 2019-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 24-sentyabr.
- ↑ „Газета "Полуостров"“. 2021-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 24-sentyabr.
- ↑ 4,0 4,1 „Страшилки, которыми пугали крымских татар, оказались мифом | Milli Firka. Krimskie tatari. Krim“. 2017-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 29-iyun.
- ↑ „Персональный сайт воспитателя общежития“. 2021-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-may.
- ↑ „ajat.be.“. 2017-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 18-yanvar.
Havolalar
tahrir- „Milli Firka“ Xalq partiyasi sayti
- Юрий Кофнер. „Почему крымские татары проголосовали за воссоединение с Россией: интервью“. Однако (2014-yil 7-aprel). Qaraldi: 2014-yil 9-aprel.