Carl Maria von Weber
(Veber Karl Mariya fondan yoʻnaltirildi)
Carl Maria von Weber (talaffuzi: Karl Mariya fon Veber; 1786.18.11, Eytin - 1826.5.6, London) — nemis kompozitori, pianinochi, dirijyor. Nemis romantik operasi asoschisi hisoblanadi. 1804-yildan turli shaharlarda opera dirijyori boʻlib ishlagan. "Erkin mergan" (1820) operasi Yevropa musiqa teatri tarixida salmoqli oʻrin egallagan. "Oberon" ertak-romantik operasi (1826), "Turandot" (1821, K. Gotssi asari asosida) spektakliga yozgan musiqalarida Sharq xalqlari kuylaridan foydalanib, musiqiy oriyentalizmga hissa qoʻshgan. "Raqsga chorlov" pyesasi, puflama sozlar uchun konsertlari mashhurdir.
Carl Maria von Weber | |
---|---|
Tavalludi | 18-dekabr 1786[1][2], noyabr 1786[2] va 18-noyabr 1786 |
Vafoti | 5-iyun 1826[3] |
Fuqaroligi | Prince-Bishopric of Lübeck |
Otasi | Franz Anton von Weber |
Onasi | Genovefa von Weber |
Manbalar
tahrir- ↑ — С. 10.
- ↑ 2,0 2,1 — С. 19.
- ↑ (unspecified title)
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |