Veda xudolari
Veda xudolari - Vedalarda xudolar - osmon xudolari, quyosh xudolari, havo xudolari, yer xudolari, ayol xudolar kabi xudolar toifasi haqida madhiyalar bayon etilgan.Osmon xudolari.Ular sirasiga Dyaus, Varuna, Indra kabi turli osmonlarni boshqarib turuvchi xudolar kiradi. Biroq Varuna keyinchalik suv va dengizlar xudosiga aylanib ketgan. Quyosh xudolari. Rigvedada quyosh energiyasining turlicha namoyon bo‘lishidan besh xudo yuzaga kelganligi haqida so‘z yuritilgan. Ularning eng qadimiysi Mitra (“do‘st”)dir. Surya quyoshning yorqinroq namoyon bo‘lgan ko‘rinishidir. U yunonlardagi Apollon kabi yetti ot biriktirilgan g‘ildirakli aravalarda tasvirlangan. Savitri esa quyoshning quvvat beruvchi kuchida namoyon bo‘ladi. Pushan muruvvatli hisoblanib, quyoshning mahsuldorlik faoliyatini o‘zida namoyon qiladi. Ularning yana biri Vishnu vedalarda zikr qilingan va keyinchalik unut bo‘lib ketgan xudolar orasida abadiy hisoblangan, hozirgi paytda butun Hindistonda ulug'lanadi. Havo xudolari. Ulardan tashqari bu xudolari qatoriga Ashvina va Savitar nomi bilan ataluvchi ikki tong xudosi ham qo‘shiladi. Ularning boshida osmon podshosi va oriylarning milliy xudosi Indra turadi. U, avvalo, ikkita sariq otga qo‘shilgan g'ildirakli aravada turuvchi jang xudosidir.U oriylar urug'ining yetuk sardori ramzidir. Dastavval Indra hind an’analarida chaqmoq xudosi sifatida namoyon bo‘lgan. Biroq bosqinchilar tomonidan ko‘p yillar davomida olib borilgan urushlar uni urush xudosiga aylantirdi. Yomg‘ir xudosi Panjanya, shamol xudosi Vayyular vedalarda aniq tasvirlanmagan.Ular tez-tez Indra bilan umumlashgan holda tasvirlanadi. Ulardan yana biri Rudna bo‘lib, odamlarning unga nisbatan cheksiz qo‘rquvlari ularni doimiy ravishda Rudnaga bag‘ishlab madhiya va duolar o‘qishga undagan. U Rigvedada Shiva (“yoqimli”) nomi bilan zikr etiladi.Keyinchalik Shiva Vishnu bilan birgalikda “ikki xudo” sifatida unutilgan Hindiston xudolari turkumi o‘rnini egalladi.Yer xudolari.Yer xudolarining eng ulug‘i yerda quyoshning, havoda chaqmoqning, yer ustida olovning mujassamlashuvi hisoblangan olov xudosi Agnidir.Agni haqidagi afsonalar Hindinstondan tashqarida vujudga kelgan.U odamlarning qurbonliklarini xudolarga yetkazuvchi ruhoniy sifatida tasavvur qilingan.Biror qurbonlik uning vositasisiz xudolarga yetib bormaydi, deb hisoblangan. Ayol xudolar qatoriga tong va tong nuri ma’budasi Ushas, daryo xudosi Sarasvatilar kirgan. Sarasvati keyinchalik braxmanizmda so‘z xudosi sifatida tasvirlangan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 116.
Adabiyotlar
tahrir- Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |