Vektor (matematika)
Vektor (matematika) (lot. vector – eltuvchi) – bu son qiymati va yoʻnalishi bilan aniqlanadigan kattalikdir, yaʼni vektor deb yoʻnalishga ega boʻlgan kesmaga aytiladi.
Vektor – geometriyaning asosiy tushunchalaridan biri boʻlib, u son (uzunlik) va yoʻnalishi bilan toʻla aniqlanadi. Koʻrgazmali boʻlishi uchun uni yoʻnaltirilgan kesma koʻrinishida tasavvur qilish mumkin (1-rasmga qarang). Aslida vektorlar haqida gapirilganda, hammasi oʻzaro parallel bir xil uzunlik va bir xil yoʻnalishga ega boʻlgan yoʻnaltirilgan kesmalarning butun bir sinfini nazarda tutish toʻgʻriroq boʻladi.
Misollar
tahrirVektorga misollar
tahrir- Olimjon shimolga 20 metr yurdi. „Shimol“ yoʻnalishi „20 metr“ masofa bilan birgalikda vektordir.
- Olma yerga soniyasiga 10 metr tushadi. Yerga yaʼni „pastga“ yoʻnalishi „soniyasiga 10 metr“ tezlik bilan qoʻshilganda vektor.
- Ikki joy orasidagi masofa 10 kilometr. Bu masofa vektor emas, chunki unda yoʻnalish yoʻq.
- Jismning uzunligi.
- Yashikdagi mevalar soni vektor emas.
Belgilash
tahrirVektor kattaliklar ustida gorizontal strelka qoʻyilgan harflar bilan belgilanadi.
Vektorni ifodalovchi kesma uchlari A va B nuqtada boʻlsa, A nuqtadan B nuqtaga yoʻnalgan vektor ( ) kabi belgilanadi. Shuningdek, vektorlar ( , ) (lotin alifbosining kichik harflari) shaklida ham belgilanishi mumkin.
Vektorlar ustida amallar
tahrirQoʻshish va ayirish
tahrirAgar A, B, C ixtiyoriy nuqtalar boʻlsa, u holda boʻladi.
Qoʻshish
tahrir va vektorlarini qoʻshish:
1-usul. Uchburchak usuli (yoxud uch nuqta qoidasi). Birinchi vektorning tugash nuqtasiga ikkinchi vektorning boshlangʻich nuqtasi koʻchiramiz va birinchi vektorning boshi bilan ikkinchi vektorning tugash nuqtalarini toʻgʻri chiziq bilan tutashtiramiz. Hosil boʻlgan vektor + ga teng boʻladi.
2-usul. Parallelogramm usuli. Ikkala vektorning boshlarini bir nuqtadan oʻtkazib ularni parallel chiziqlar yordamida parallelogrammgacha toʻldirsak, shu parallelogramning diagonali va vektorlarining yigʻindisi boʻladi.
Ayirish
tahrirva vektorlarning ayirmasi deb, shunday vektorga aytiladiki, uning vektor bilan yigʻindisi vektorni beradi: .
Songa koʻpaytirish
tahrir(x; y; z) vektorning λ songa koʻpaytmasi deb (λx; λy; λz)ga aytiladi.
Skalar koʻpaytma
tahrirNol boʻlmagan ikkita va vektorning skalar koʻpaytmasi deb, bu vektorlar uzunliklarining ular orasidagi burchak kosinusiga koʻpaytmasiga aytiladi:
( )= · ·cosφ,
bunda φ – va vektorlar orasidagi burchak.
ABC uchburchak medianalari kesishgan O(x, y,z) nuqta koordinatasi:
, ,
Manbalar
tahrir- Isroilov, I. va Pashayev, Z., (2005). Geometriya II-qism: Akademik litseylar uchun sinov darslik. Toshkent: „Oʻqituvchi“ nashriyot-matbaa ijodiy uyi.
- Rahimqoriyev, A., (2010). Geometriya: umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 8-sinfi uchun darslik. 2-nashri. (Wayback Machine saytida 2014-02-02 sanasida arxivlangan) Toshkent: Yangiyoʻl poligraph service.