Venchur filantropiyasi
Venchur filantropiyasi oʻzida venchur biznesi mohiyati va usullarini filantroplarning maqsadlari bilan birlashtiradi. U moliyaviy resurslar va nomoddiy koʻmak yordamida kuchli ijtimoiy tashkilotlar va loyihalar yaratishga yoʻnaltirilgan. Ijtimoiy sarmoya va grantlar insonlarning hayotini yaxshi tomonga oʻzgartiruvchi startaplar va loyihalar (nochorlikka qarshi kurash, atrof-muhitni muhofaza qilish, taʼlim, sogʻliqni saqlash) ga yoʻnaltiriladi. Ijtimoiy tadbirkorlik va samarali alturizm falsafasi venchur filantropiyasi tushunchasiga yaqin[1][2][3].
Venchur filantropiyasi quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi:
- Yangicha yondashuvlarni tajribadan oʻtkazish va qoʻllashga tayyorlik.
- Moliyaviy, intellektual va insonlar kapitali bilan taʼminlash.
- Notijorat tashkilotlarda biznes koʻnikmalarini qoʻllash.
- Ijtimoiy loyihalarni uzoq muddatli asosda moliyalashtirish (3 yildan 7 yilgacha).
- Sarmoyalar samaradorligini qoʻllab-quvvatlash, loyiha salohiyatini mustahkamlash.
- Global usullarni mahalliy sharoitlarga moslashtirish.
- Sarmoyadorning loyihadagi ishtiroki ulushining notijoriy tashkilot rahbariyati tarkibiga qoʻshilishgacha boʻlgan daraja yuqoriligi.
- Ijtimoiy loyihalardan daromad olish va uni loyiha koʻlamini kengaytirishga yoʻnaltirish (bu holatda ijtimoiy taʼsir daromad olishdan ustun turadi).
- Natijani sarmoyadorlar va qabul qilib oluvchilar bilan birgalikda baholash.
- Sarmoyani olingan natijalarga qarab boshqa loyihalarga oʻtkazishga tayyorlik.
Venchur filantropiyasiga jalb qilishning uchta modeli mavjud: grandlar tizimiga ega anʼanaviy fond tashkil qilish, professional yollanma xodimlar ishlaydigan va filantroplar tomonidan moliyalashtiriladigan notijoriy tashkilot yaratish; venchur kapitali sarmoyadorlari qabul qiluvchilar bilan yaqindan hamkorlik qiladigan loyiha yaratish (pass-through funds).
Bill va Melinda Geyts fondi, Omidyara tarmogʻi, New Profit Inc., Draper Richards Kaplan Foundation, Peery Foundation, Pershing Square Foundation, Echoing Green, Mulago fondi, MCE Social Capital, RSF Social Finance, Yevropa venchur filantroplari assotsiatsiyasi, Foundation for Advanced Philanthropy, Social Venture Partners International, Social Venture Network, Brainerd Foundation, Kirsch Foundation, Silicon Valley Community Foundation, Silicon Valley Social Venture Fund, Robin Hood Foundation, Tipping Point Community, Austin Social Venture Partners, Community Development Venture Capital Alliance, Community Wealth Ventures, Dallas Social Venture Partners, The Enterprise Foundation, Global Partnerships, Roberts Enterprise Development Fund faoliyati venchur filantropiyasiga kiradi[4][5].
Manbalar
tahrir- ↑ „'Venture philanthropy' is new buzz in business: Buffett, Gates not the only tycoons reshaping world of charitable giving“ (en). NBC News. Qaraldi: 2015-yil 10-may.
- ↑ „Venture Philanthropy: The New Model“ (en). Kirsch Foundation. Qaraldi: 2015-yil 10-may.
- ↑ „What is VP?“ (en) (deadlink). EVPA. 2015-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 10-may. (Wayback Machine saytida 2015-05-06 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Welcome to The Foundation for Advanced Philanthropy“ (en). 2015-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 10-may.
- ↑ „Venture Philanthropy: The New Model“ (en). Kirsch Foundation. Qaraldi: 2015-yil 19-iyun.
Havolalar
tahrir- What is Venture Philanthrophy?
- Венчурная филантропия: прямые инвестиции в благотворительность (Wayback Machine saytida 2015-05-18 sanasida arxivlangan)
- Венчурная филантропия
- Венчурная благотворительность (Venture Philanthropy) (Wayback Machine saytida 2016-03-05 sanasida arxivlangan)
Adabiyotlar
tahrir- Лестер Саламон. Финансовый рычаг добра: Новые горизонты благотворительности и социального инвестирования, 1000 экз, М.: Альпина Паблишер, 2016 — 173-bet. ISBN 978-5-9614-4957-0.