Venera (apparat)
„Venera“ — Venera sayyorasini va kosmik fazoni oʻrganish uchun moʻljallangan sayyoralararo kosmik apparatlarning umumiy nomi; ularni uchirish dasturi. Bortida sayyora va sayyoralararo fazoni tadqiq qilishga moʻljallangan ilmiy tadqiqot asboblari, moʻljal olish (orientirlash) va tuzatish kiritish (korreksiyalash) qurilmalari, sayyoralararo aloqa bogʻlovchi va kema vaziyatini yoki orbitasini hisoblab beruvchi maxsus radioasboblar, elektr energiya manbai va quyosh batareyalari joylashtirilgan. „V.“ dastlab koʻp bosqichli raketa yordamida Yer atrofidagi sunʼiy yoʻddosh orbitasiga chiqariladi, soʻngra unga aylanayotgan orbitasiga mos parabolik tezlik berilad i. „V.“ ning eng katta start massasi taxminan 5 t. Birinchi „V.“ 1961-yil uchirilgan. „V-4“ Venera sayyorasini bevosita tekshirgan (1967), „V-7“ Venera sirtiga yumshoq qoʻngan (1970), „V-9“ Venera sirtini suratga olgan (1975). 1981—83 yillar mobaynida 16 ta „V“ uchirilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |