Vengriya milliy futbol terma jamoasi

Vengriya milliy futbol terma jamoasi (venger tilida: magyar labdarúgó-válogatott) – erkaklar xalqaro futbolida Vengriya sharafini himoya qiladi. Vengriyada futbol boʻyicha boshqaruv organi boʻlgan Vengriya Futbol Federatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi[2]. Milliy terma jamoa FIFAning global yurisdiksiyasi ostida va Yevropada UEFA tomonidan boshqariladi.

 Vengriya
Tahallusi (Magyars)
Assotsiatsiya Vengriya futbol federatsiyasi (VNS)
Konfederatsiya UEFA (Yevropa)
Bosh murabbiy Zlatko Dalić
Sardor Dominik Szoboszlai
Eng koʻp oʻynagan futbolchi Balázs Dzsudzsák (109)
Eng yaxshi toʻpurar Ferenc Puskás (45)
Uy stadioni Puskás Aréna
FIFA kodi HUN
forma
Birinchi forma
FIFA Reytingi
Hozirgi 27 20-iyul 2023,[1]
Eng yuqori 18 (Yanvar 1999)
Eng past 87 (Mart 1994)

Vengriya yaxshi futbol tarixiga ega, terma jamoa uchta Olimpiya chempionligini qoʻlga kiritgan, 1938 va 1954-yilgi jahon chempionatlarida ikkinchi oʻrinni egallagan va 1964-yilgi Yevropa chempionatida uchinchi oʻrinni egallagan. Vengriya 1950-yillarda sportda inqilob qildi, Total Footballning taktik asoslarini yaratdi va XX asrning eng yaxshi toʻpurarlaridan biri boʻlgan afsonaviy Ferents Pushkashni yetishirdi. FIFA har yili kalendar yilining „eng chiroyli“ golini urgan futbolchiga beriladigan mukofotini Pushkashga bagʻishlagan. Oʻsha davrda dunyodagi eng yuqori Futbol Elo Reytingiga ega boʻlgan. 1954-yilda 2230 ta oʻyin oʻtkazgan va ketma-ket 31 oʻyinda magʻlub boʻlmagan.

Vengriya jamoasi 1986-yilgi Jahon chempionatida boshlab qolgan chempionatlrda yaxshi ishtirok etolmadi. Oʻttiz yil davomida yirik turnirda ishtirok eta olmadi va 1996-yilda FIFA reytingidagi eng past (87) reytingga erishdi, shuningdek, Yevroda oʻz guruhida oltinchi oʻrinni egalladi. Keyinchalik ular 2016, 2020 va 2024-yillarda ketma-ket uchta Yevropa chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Jamoa a'zolari

tahrir
0#0 pos. Futbolchi Tugʻilgan sanasi (yosh) Ishtiroki Gollari Klubi
1 1DA Péter Gulácsi 6-may 1990-yil (1990-05-06) (34 yosh) 57 0   GER RB Leipzig
12 1DA Dénes Dibusz 16-noyabr 1990-yil (1990-11-16) (34 yosh) 36 0   HUN Ferencváros
22 1DA Péter Szappanos 14-noyabr 1990-yil (1990-11-14) (34 yosh) 1 0   HUN Paks
2 2HM Ádám Lang 17-yanvar 1993-yil (1993-01-17) (31 yosh) 70 2   CYP Omonia
3 2HM Botond Balogh 6-iyun 2002-yil (2002-06-06) (22 yosh) 4 0   ITA Parma
4 2HM Attila Szalai 20-yanvar 1998-yil (1998-01-20) (26 yosh) 46 1   GER SC Freiburg
5 2HM Attila Fiola 17-fevral 1990-yil (1990-02-17) (34 yosh) 59 2   HUN Fehérvár
6 2HM Willi Orbán 3-noyabr 1992-yil (1992-11-03) (32 yosh) 48 6   GER RB Leipzig
21 2HM Endre Botka 25-avgust 1994-yil (1994-08-25) (30 yosh) 27 1   HUN Ferencváros
24 2HM Márton Dárdai 12-fevral 2002-yil (2002-02-12) (22 yosh) 6 0   GER Hertha BSC
7 3YH Loïc Négo 15-yanvar 1991-yil (1991-01-15) (33 yosh) 36 2   FRA Le Havre
8 3YH Ádám Nagy 17-iyun 1995-yil (1995-06-17) (29 yosh) 84 2   ITA Spezia
10 3YH Dominik Szoboszlai (captain) 25-oktyabr 2000-yil (2000-10-25) (24 yosh) 45 12   ENG Liverpool
11 3YH Milos Kerkez 7-noyabr 2003-yil (2003-11-07) (21 yosh) 19 0   ENG Bournemouth
13 3YH András Schäfer 13-aprel 1999-yil (1999-04-13) (25 yosh) 28 3   GER Union Berlin
14 3YH Bendegúz Bolla 22-noyabr 1999-yil (1999-11-22) (25 yosh) 20 0   AUT Rapid Wien
15 3YH László Kleinheisler 8-aprel 1994-yil (1994-04-08) (30 yosh) 53 3   CRO Hajduk Split
16 3YH Dániel Gazdag 2-mart 1996-yil (1996-03-02) (28 yosh) 26 4   USA Philadelphia Union
17 3YH Callum Styles 28-mart 2000-yil (2000-03-28) (24 yosh) 23 0   ENG Barnsley
18 3YH Zsolt Nagy 25-may 1993-yil (1993-05-25) (31 yosh) 22 3   HUN Puskás Akadémia
26 3YH Mihály Kata 13-aprel 2002-yil (2002-04-13) (22 yosh) 3 0   HUN MTK Budapest
9 4HJ Martin Ádám 6-noyabr 1994-yil (1994-11-06) (30 yosh) 25 3   KOR Ulsan HD
19 4HJ Barnabás Varga 25-oktyabr 1994-yil (1994-10-25) (30 yosh) 14 7   HUN Ferencváros
20 4HJ Roland Sallai 22-may 1997-yil (1997-05-22) (27 yosh) 52 13   GER SC Freiburg
23 4HJ Kevin Csoboth 20-iyun 2000-yil (2000-06-20) (24 yosh) 10 1   HUN Újpest
25 4HJ Krisztofer Horváth 8-yanvar 2002-yil (2002-01-08) (22 yosh) 2 0   HUN Kecskemét

Eng yaxshi toʻpurarlar

tahrir
 
Ferenc Puskás. 84 gol.
Daraja Ism Gol Ishtirok Nisbat Faoliyati
1 Ferenc Puskás (list) 84 85 0.99 1945–1956
2 Sándor Kocsis (list) 75 68 1.1 1948–1956
3 Imre Schlosser (list) 59 68 0.87 1906–1927
4 Lajos Tichy 51 72 0.71 1955–1971
5 György Sárosi 42 62 0.68 1931–1943
6 Nándor Hidegkuti 39 69 0.57 1945–1958
7 Ferenc Bene 36 76 0.47 1962–1979
8 Gyula Zsengellér 32 39 0.82 1936–1947
Tibor Nyilasi 32 70 0.46 1975–1985
10 Flórián Albert 31 74 0.42 1959–1974

Manbalar

tahrir
  1. „The FIFA/Coca-Cola World Ranking“. www.fifa.com. Qaraldi: 5-avgust 2023-yil.
  2. „HUNGARIAN FOOTBALL FEDERATION“. www.en.mlsz.hu. Qaraldi: 29-iyun 2024-yil.

Havolalar

tahrir