Vera Fisher
Vera Fisher (1925-yil 27-yanvar, Zagreb – 2009-yil 14-iyul, Zagreb) xorvatiyalik ayol akademik haykaltarosh[1][2][3][4].
Vera Fisher | |
---|---|
Tavalludi |
27-yanvar 1925-yil |
Vafoti |
14-iyul 2009-yil (84 yoshda) Zagreb, Xorvatiya |
Fuqaroligi | Xorvatiya |
Kasbi | haykaltarosh |
Hayoti
tahrirVera Fisher 1925-yil 27-yanvarda Xorvatiyaning hozirgi poytaxti Zagreb shahrida yahudiy oilasida tugʻilgan. Uning otasi Zagrebning Paromlin shahrida ishlagan va Vera Fisher oilasi bilan Paromlindagi kvartiralarda yashagan. Biroq, oila u yerda uzoq vaqt qolmagan, lekin Vera Fisherning soʻzlariga koʻra, uning tugʻilgan joyi haqidagi xotiralar uning hayolotida abadiy saqlanib qolgan. Vera Fisherning otasi u bir yoshidaligida vafot etgan. Shu sababli, u bobosi va buvisi hamda onasi Latika (qizlik ismi Klein) qoʻlida tarbiyalangan[5]. Ikkinchi Jahon urushi paytida, yahudiy boʻlganligi uchun Italiya boshqaruvi ostidagi Rab va Kupari lagerida internatsiya qilingan. Italiya taslim boʻlganidan keyin Vera Fisher Xorvatiyadagi Milliy Ozodlik Harakatiga qoʻshilgan. 1951-yilda Vera Fisher Zagreb universitetining Tasviriy sanʼat akademiyasini professor Vanya Radush qoʻl ostida tamomlagan. U Xorvatiyada va xorijda koʻplab shaxsiy va guruh koʻrgazmalarida ishtirok etgan, masalan, 1952-yilda Xorvatiya rassomlar uyushmasining 8-chi koʻrgazmasida birinchi marta ommaviy chiqish qilgan. 1962-yilda Zagrebdagi Xorvatiya rassomlar uyushmasi salonida oʻz shaxsiy koʻrgazmasini oʻtkazgan. 2002-yilda Vera Fisher avtobiografik koʻrgazma tashkil etgan[6]. 1952-yildan Vera Fisher Xorvatiya rassomlar uyushmasining aʼzosi boʻlgan. 1997-yilda Xorvatiya Prezidenti Franjo Tuđman Fisherni Marko Marulićning yuzi tasvirlangan Danica Hrvatska ordeni bilan taqdirlagan[7]. U Zagrebdagi yahudiy jamiyatining faol aʼzolaridan biri boʻlgan[4]. Vera Fisher hayoti davomida ijodi yetarlicha baholanmagan rassomlardan biridir va bugungi kunda ham uning ijod mahsullari adolatsiz ravishda chetga surilib, unutilib ketmoqda.
Vafoti
tahrirVera Fisher 2009-yil 14-iyulda Zagrebda vafot etgan va Mirogoj qabristoniga dafn qilingan[8].
Manbalar
tahrir- ↑ „Holocaust Survivors and Victims Database: Vera Fischer“. United States Holocaust Memorial Museum. 2020-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 8-fevral.
- ↑ Snješka Knežević (2011)
- ↑ (xorvatcha) Ha-Kol (Glasilo Židovske zajednice u Hrvatskoj); In Memoriam – Vera Fischer; stranica 62; broj 110, lipanj / srpanj / kolovoz 2009.
- ↑ 4,0 4,1 „Hrvatski Andy Warhol bila je žena“ (hr). Jutarnji list (2010-yil 9-yanvar). 2012-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 15-noyabr.
- ↑ (xorvatcha) Ha-Kol (Glasilo Židovske zajednice u Hrvatskoj); Nataša Maksimović Subašić; Vera Fischer – Ljubav prema životu i toleranciji; stranica 16, 17; broj 112, studeni / prosinac 2009.
- ↑ „Vera Fischer, Autobiografska izložba, Gliptoteka HAZU“ (hr). Matica hrvatska. Qaraldi: 2012-yil 17-noyabr.
- ↑ „Umrla je Vera Fischer, akademska kiparica“ (hr). Hrvatsko Društvo Likovnih Umjetnika (2009-yil 15-iyul). Qaraldi: 2012-yil 17-noyabr.
- ↑ (xorvatcha) Gradska groblja Zagreb: Vera Fischer, Mirogoj Ž-119-II-285
Adabiyotlar
tahrir- Snješka Knežević, Aleksander Laslo. Židovski Zagreb. Zagreb: AGM, Židovska općina Zagreb, 2011. ISBN 978-953-174-393-8.