Vergiliy
Publius Vergilius Maro (Publiy Vergiliy Maron) (15 oktyabr, mil. av. 70-yil Mantui yaqinida - 21 sentyabr, mil. av. 19-yil) — Qadimgi Rimning eʼtiborga sazovor shoirlaridan biri. Epik dostonning yangi turini yaratdi.
Vergiliy | |
---|---|
Asl ismi | Publius Vergilius Maro |
Tavalludi |
15 oktabr, mil. av. 70-yil Mantui |
Vafoti |
21 sentyabr, mil. av. 19-yil Brundizium |
Kasbi | Qadimgi Rimlik shoir |
Ijod qilgan tillari | Lotin tili |
Fuqaroligi | Qadimgi Rim |
Janr | epik sheʼriyat |
Hayoti
tahrirVergiliy Rim respublikasi inqirozining guvohi boʻlgan. "Bukolikalar" ("Choʻpon qoʻshiqlari"; mil. av. 42—38) va "Georgikalar" ("Dehqonchilik haqida doston"; mil. av. 36—29) dostonida tinch qishloq hayoti, choʻponlarning tabiat quchogʻidagi osoyishta, farogʻatli turmushi madh etiladi. Vergiliyning mashhur "Eneida" dostoni troyalik qahramon Eneyning darbadar kezishlari va u qatnashgan urushlar tasviriga bagʻishlangan. Bu asari "Iliada" va "Odisseya"ga taqlidan yozilgan, unda Qadadimgi Italiya manzarasi koʻtarinki ruhda tasvir etilgan. Vergiliy ijodi klassitsizm davri sheʼriyati uchun namuna hisoblangan. Dostonlaridan parchalar Oybek tarjimasida oʻzbek tilida nashr qilingan (1939).
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |