Pierre Eugène Marcellin Berthelot (talaffuzi: Pyer Ejen Marselen Bertlo; 1827.25.10—Parij 1907.18.3)—fransuz kimyogari va jamoat arbobi. Termokimyo asoschilaridan biri. Glitserin bilan yogʻ kislotalaridan tabiiy yogʻlarga yaqin birikmalarni sintez qilgan. Glitserinning uch atomli spirt ekanligini, etilendan sulfat kislota ishtirokida etil spirti olish mumkinligini isbotlagan (1854), Berthelot oddiy uglevodorodlardan metan, etilen, atsetilen, benzol va boshqalarni sintez qilgan. 1867-yilda vodorod yodid bilan organik moddalarni kaytarishning umumiy usulini ishlab chiqqan. Berthelot yoqilgʻilarning issiqlik berish qobiliyatini oʻlchash uchun kalorimetrik bombani ixtiro qilgan. Berthelot 1861-63-yillarda fransuz kimyogari L. Pean de Senjil bilan hamkorlikda spirt va kislotalardan murakkab efir hosil boʻlish tezligi ustida ishlar olib borib, kimyoviy kinetikata muhim hissa qoʻshgan.

Marcellin Berthelot
Tavalludi 25-oktyabr 1827
Vafoti 18-mart 1907
Fuqaroligi Fransiya
Otasi Jacques-Martin Berthelot

Manbalar

tahrir

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil