Veston normal elementi -kuchlanishni aniq oʻlchaydigan galvanik element. Uning elektr yurituvchi kuchi 20° da 1,0183 voltga teng . Elektrokimyoda turli sistemalarning elektr yurituvchi kuchlarini tenglashtirish usuli bilan oʻlchashda ishlatiladi. Elementning manfiy elektrodi kadmiy (kadmiy havoda oksidlanadi, shuning uchun 10% kadmiy bilan 90% simob qotishmasi ishlatiladi), musbat elektrodi simob (N)-sulfat bilan qoplangan simob, elektroliti esa kadmiy sulfatning toʻyingan eritmasi va kristallaridan iborat. V. n. e.ning elektr yurituvchi kuchi simob kationlarining qotishmadagi kadmiyning oksidlanishidan hosil boʻladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil