Vibratsion oʻzgartirgich, titrama oʻzgartirgich — past kuchlanishli oʻzgarmas tokni elektr-mexanik vibrator yordamida yuqori kuchlanishli oʻzgarmas tokka aylantirib beradigan elektr apparat. Apparat oʻzgarmas tok manbai (mas., 2,5—24 V kuchlanishli elektr akkumulyator)ga ulanganda uning . elektr magniti yakor (poʻlat plastinka)ni titrashga majbur qiladi (nomi shundan). Shunda yakor qismasi (kontakti) tok manbaini navbatma-navbat transformator birlamchi chulgʻamining dam u yarmiga, dam bu yarmiga ulaydi, natijada ikkilamchi chulgʻamda bir xil ishorali pulslanuvchan yuqori kuchlanishli oʻzgarmas tok induksiyalanadi (vujudga keladi). Kuchlanishning pulslanuvchanligini elektr filtr bartaraf qiladi. Apparat chiqishida yuqori kuchlanishli oʻzgarmas tok hosil boʻladi. V. oʻ. avtomobil radiopriyomniklari, kichik uzatish-qabul qilish st-yalari va hokazoda ishlatiladi. Past kuchlanishli tok manbaida ishlaydigan tranzistor paydo boʻlganidan soʻng V. oʻ. kam qoʻllaniladigan boʻldi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil