- Tanlovda ishtirok etish
- Sahifaning pastki qismidagi qatnashuvchilar roʻyxatiga ismingizni qoʻshing.
- Quyida keltirilgan mamlakatlar va xalqlarning madaniyati haqida oʻzbekcha Vikipediya maqolalarini yarating.
- Nomlarni bosish orqali siz yaratishni taklif qiladigan narsalar roʻyxatiga kirishingiz mumkin.
- Roʻyxatdagi narsalar takliflardir; roʻyxatda boʻlmagan boshqa narsalar haqida ham yaratishingiz mumkin. Iltimos maqolalaringiz ensiklopedik ahamiyatga ega ekanligiga ishonch hosil qiling.
- Yangi maqolani yaratish oʻrniga siz maʼlumot va manbalarni qoʻshish va rivojlantirish orqali tanlovga qoʻshilishingiz mumkin; ammo, faqat yozish, tahrirlash uslubi, andozalarni qoʻshish kabi hissalar tanlov doirasida baholanmaydi.
- Mukofotlar
- Tashkilotchilar & Hakamlar
Baholash
Har yaratilgan maqola: 30 ball
|
3000 baytdan keyin har qoʻshilgan 3000 bayt: 10 ball
|
Tegishli maʼlumotlar qutisini qoʻshish: 4 ball
|
3 ta qoʻshilgan manbadan keyin qoʻshilgan har bir manba: 2 ball
|
Qoʻshilgan har bir turkum: 1 ball
|
Rasm qoʻllanilgan har bir maqola: 10 ball
|
Maqolaga qoʻshilgan har bir rasm: 1 ball
|
|
- Qoidalar
- Bu yerda sanab oʻtilgan maqolalar yaratilishi yoki kengaytirilishi kerak.
- 2020-yil 1-iyun 0.00 UTC va 2020-yil 30-iyun 23.59 UTC orasida yaratilgan va kengaytirilgan maqolalar hisobga olinadi.
- Tanlovda tashkilotchilar va hay’at aʼzolaridan tashqari har bir foydalanuvchi qatnashishi mumkin.
- Ishtirok etishni xohlaganlar istagan vaqtda qoʻshilishlari mumkin.
- Yaratilgan va kengaytirilgan maqolalar; vikipediya qonunlariga mos va manbalar keltirilgan holda yozilgan boʻlishi kerak.
- Loyiha davomida yaratilgan maqolalar kamida 3000 baytdan iborat boʻlishi kerak va mavjud maqolalar kamida 3000 bayt kengaytirilishi zarur..
- Yaratilgan maqolada kamida ikkita nufuzli manba boʻlishi kerak.
- Yaratilgan yoki qoʻshilgan roʻyxat, jadval, andoza yoki turkumlar tanlov doirasidan tashqaridadir.
- Loyihaga hissa qoʻshishning ikkinchi yoʻli rasmingizning Wikimedia Commonsga yuklanishidir. Yuklangan fotosuratlar albatta yuklangandan keyin tegishli maqolaga qoʻshilishi kerak. Bitta maqolaga keragidan ortiq qoʻshilgan fotosuratlar loyiha doirasida baholanmaydi. Agar Oʻikimedia Commonsga yuklangan surat boʻlsa va boshqa maqolalarda foydalanilmagan boʻlsa, u rasm baholanadi. Ushbu sohada eng koʻp hissa qoʻshgan foydalanuvchi xuddi shunday tarzda D&R sovgʻa kartasi bilan taqdirlanadi.
- Sovrinni birinchi usulda yutgan foydalanuvchi ikkinchi usulda yutib olishi mumkin.
|