Vikipediya:Administratorlikka soʻrovlar/Panpanchik
- Quyidagi munozara muvaffaqiyatli yopilgan administratorlikka soʻrov arxivi sifatida saqlanadi. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Ovoz berish 2023-05-30 dan 2023-06-09, 15:00 UTC gacha gacha oʻtkazildi.
Assalomu alaykum! Oʻzbekcha Vikipediyaga yaqinda kirib kelishimga qaramay bir qator natijalarga erishdim. Jumladan hozirga qadar men yaratgan 2ta maqola: Onna-musha va Tremarctinae — xushsifat maqola, 1ta maqola: Malay ayigʻi — yaxshi maqola, 1ta roʻyxat: Yaponiya shaharlari roʻyxati — tanlangan roʻyxat statusini olgan. Bugungi kunda Rollbacker, eliminator va interfeys administratoriman. Ammo administratorlik vazifasini ham olishni istayman. Zero, Vikipediyamizda ayol-administratorlar soni hozircha 2 nafar va men ham ularning qatorida Vikipediya rivoji uchun oʻz hissamni qoʻshish niyatidaman. Hurmatli Vikipediya ahli Nataev, Kagansky, Jamshid Nurqul, Nataeva, Casual, Malikxan, Mirzoulugʻbek, Umarxon III, Artemev Nikolay, Muxriddin Azimov, Gayrat98, Alpasli, Boboyev1996, Laziz Baxtiyorov, Humoyun Qodirov, Muzaffar Murodovich, Husniddin Rasulov va boshqalar iltimos, ovoz berishda ishtirok eting. Hurmat bilan: PanPanChik #yozish 15:14, 30-May 2023 (UTC)
Foydalanuvchi haqida maʼlumot
tahrirPanpanchik (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar)
Tahrirlar soni | 14600 ta tahrir 14 287 ta (97.8%) tahrir maqola nomfazosida |
---|---|
Tahrirlar qisqa tavsifidan foydalanish | 6.3% kichik tahrir, 32.6% 20 baytdan katta tahrir, 25.4% katta oʻzgarishlar |
Ilk tahrir kuni | 2022-06-21 |
Kuniga tahrirlarning oʻrtacha soni | 42.592 |
Skype | |
Ovoz berish oʻtkaziladi | 2023-05-30 dan 2023-06-09, 15:00 UTC gacha |
Ovoz berishda 2023-06-09 gacha boʻlgan ovoz beruvchiga qoʻyiladigan talablarga javob beradigan har bir roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchi ishtirok etishi mumkin. Bu talablar quyidagichadir:
- maqolalar nomfazosidagi tahrirlar soni 100 tadan kam boʻlmasligi kerak;
- 2 oydan kam boʻlmagan stajga ega boʻlishi kerak (yaʼni, 31-03-2023 dan oldin roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi lozim);
- 16-04-2023 dan 30-04-2023 gacha boʻlgan muddat ichida bittadan kam boʻlmagan tahrir boʻlishi kerak;
- 15-05-2023 dan 30-05-2023 gacha boʻlgan muddat ichida bittadan kam boʻlmagan tahrir qilgan boʻlishi kerak.
Rozilar
tahrir- Roziman Mirzoulugʻbek |@ 16:06, 30-May 2023 (UTC)
- Roziman — Umarjon Rahimov (munozara) 17:13, 30-May 2023 (UTC).
- Roziman — FreetimeeditorII (munozara) 11:17, 31-May 2023 (UTC)
- Roziman — Munosib nomzod! Salazarov (suhbat) 11:19, 31-May 2023 (UTC)
- Roziman She is an experienced contributor, so I think she can benefit Uzbek Wikipedia through her administrator rights. NikosLikomitros (munozara) 01:04, 1-Iyun 2023 (UTC)
- Roziman — Mehnatlaringiz tahsinga loyiq! Faoliyatingizda yanada omadlar tilab qolaman! Muxriddin Azimov (munozara) 07:16, 1-Iyun 2023 (UTC)
- Roziman — Muzaffar Murodovichmunozara 13:13, 1-Iyun 2023 (UTC)
- Roziman - Vikipediyadagi faoliyatingizda bundan-da yuksakliklarni tilab qolaman! Rajapova Hulkaroy (munozara) 14:44, 1-Iyun 2023 (UTC)
- Roziman — HusniddinRasulov(munozara) 04:27, 2-Iyun 2023 (UTC)
- Roziman — Sitora Oblakulova (munozara) 05:32, 2-Iyun 2023 (UTC)
- Roziman — Vikipediyadagi qator loyihalardagi faolligingiz, unga tom maʼnoda mehr qoʻyganingiz uchun rahmat. Kelgusi harakatlaringizda ham omad tilayman. Kamol Azzam (munozara) 16:19, 2-Iyun 2023 (UTC)
- Roziman — Ikromova Guli (munozara) 21:41, 2-Iyun 2023 (UTC)
- Roziman — Humoyun Qodirov (munozara) 16:58, 2-Iyun 2023 (UTC)
- Roziman — Diwikiped (munozara) 03:03, 3-Iyun 2023 (UTC)
- Roziman — Visola Tangirova(menga yozish!) 15:14, 6-Iyun 2023 (UTC)
- Roziman — Munosib nomzod deb bilaman! MrShaxas #Munozaracha 15:17, 6-Iyun 2023 (UTC)
Qarshilar
tahrirBetaraflar
tahrirNomzodga savollar
tahrir- Standart savollar
- 1. Administratorlar majburiyatlaridan qaysi birini bajarmoqchisiz?
- Yangi foydalanuvchilarga yordam berish, vandalizm bilan shugʻullanuvchi foydalanuvchilarni bloklash va yangi yaratilgan maqolalarni patrullab, ularni maksimal darajada yaxshi holatga keltirish.
- 2. Vikipediyaga qoʻshgan oʻz hissangizni qanday baholaysiz?
- Qisqa vaqt ichida bir qator ishlarni amalga oshirdim. WikiOromgohlarning barchasida ishtirokchi va yordamchi administrator oʻlaroq faoliyat yuritdim. IbratWikida oʻquvchilarga wikidarslar oʻtdim. Marafonda 3-oʻrinni egalladim. Ammo bundan ham yaxshiroq ishlar qila olishim mumkinligini his qilayapman va oʻz ishlarimni 5/10 darajada baholayman.
- 3. Sizda vikipediyaning boshqa foydalanuvchilari bilan qarama-qarshiliklar boʻlganmi? Agar boʻlgan boʻlsa, ularni qanday hal qilgan edingiz va kelajakda buni qanday hal qilmoqchisiz?
- Kuchli darajadagi qarama-qarshilik yuzaga kelmagan. Agarda shunday holat yuzaga kelsa, oʻzimdan koʻra tajribaliroq insonlar bilan maslahatlashgan holda ish tutaman yoki haq boʻlmagan holatimda ortiqcha shovqin koʻtarmaslikni maqul koʻraman.
- 4. Sizda qoʻshimcha hisob yozuvi bormi? Izoh: Siz bu savolga javob berishga majbur emassiz.
- Bor, ammo undan umuman foydalanmaganman va qanday ekanligi ham yodimda emas. Ingliz Vikipediyasida IP bloklanishni oldini olish uchun ochgan edim.
- 5. Siz biror marta blok qilinganmisiz? Agar ha, u holda qaysi sabab boʻyicha? ([Bloklash jurnali])
- Yo‘q, blok qilinmaganman.
- 6. Vikipediyaning aktiv foydalanuvchilaridan birortasi bilan shaxsan tanishmisiz?
- VikiStipendiya marafoni davomida aktiv foydalanuvchilarning koʻpchiligi bilan yaqindan tanishganman. Ularning katta qismi bilan doʻstlashganman.
- 7. Sizda boshqa manbalarda administratorlik tajriba bormi?
- Yaqin kunlarda interfeys administratori statusini oldim. Hozirda bu status haqida kengroq maʼlumot olmoqdaman
Laziz Baxtiyorovdan savollar
tahrir- 1. Administratorlik vazifalaridan aynan qaysilarini bajarmoqchisiz? Siz keltirgan vazifalarni bajarish uchun admin maqomi shart emasdek nazarimda.
- Patrullash, sahifalarni muhofazalash va vandallik bilan shugʻullanuvchi foydalanuvchilarni bloklash singari vazifalar.
- 2. Manfaatlar toʻqnashuvi deganda nimani tushunasiz va faoliyatingizda manfaatlar toʻqnashuviga duch kelganda qanday yoʻl tutasiz?
- Manfaatlar toʻqnashuvi bu kimningdir (ehtimol mening) oʻz manfaatimni vikipediyadan ustun qoʻyilishi deb oʻylayman. Oʻzimda bu hol yuzaga kelsa (hammamiz ham inson ertaga nima boʻlishini aniq aytib boʻlmaydi), vikitaʼtil olaman. Lekin boshqa foydalanuvchilar bilan bu borada bahsga borsam maksimal darajada tiyilishga harakat qilaman. Asablarni asrash tarafdoriman)))
- 3. Qoʻgʻirchoq profillar bilan qanday munosabatda boʻlmoqchisiz?
- Shu yilning oʻzida aynan shu sabab bilan enwikida bloklanishimga birbahiya qolgan))) Rosti bu borada katta tajribaga ega emasman va uzwikida hali bunday profillarni uchratmadim. Keyinchalik duch keladigan holatimda ham munozarasiz, muhokamasiz ish qilmayman albatta. Foydalanuvchilarni asossiz va muhokamasiz bloklashga qarshiman.
- 4. Status (barchasi) olganingizdan keyingi jarayonlarda ushbu statuslar imkoniyatlaridan qay darajada foydalana oldingiz? (Misollar bilan)
- Rollbackerlik bilan rosti u qadar yirik ishlarni qilish imkoni boʻlmagani uchun eliminatorlikka nomzod bergan edim. Xulosa chiqaruvchi oʻlaroq hali ayni bir muhim muhokamaga xulosa berishdan tiyildim (yosh foydalanuvchi sifatida hali oʻzimni bu ishga munosibman deya hisoblamadim). Lekin Turkum:Tezda oʻchirishga nomzodlar sahifasidagi maqolalarni tez-tez koʻzdan kechirib noboplarini oʻchirishga harakat qilaman. Ammo baxtga qarshi oʻchirgan maqolalarimdan havola bera olmas ekanman. Interfeys administratorligi faoliyatim esa hali toʻliq boshlanmadi, rosti oʻrganish payidaman, va ayni vaqtdagi muammolarimni hal qilgach (shu oyning 10-sanasidan soʻng) albatta bu bilan ham astoydil shugʻullanish niyatidaman.
- 5. Ezgu maqsadni koʻzlash qoidasiga qay darajada amal qila olasiz?
- Vikipediyada hali bu borada pand yemadim. Oʻylaymanki keyinchalik amalga oshiradigan faoliyatimda ham ayni ezgu maqsadni koʻzlagan holda ish olib borishga qurbim yetadi.
Laziz Baxtiyorov avvalo savollar uchun va bu sahifadagi muhokamaga befarq boʻlmaganligingiz uchun minnatdorman. Savollarga vijdonan javob berdim, tilyogʻmalik va aldovdan qochdim. Agarda toʻliqmas deya hisoblangan savollaringiz mavjud boʻlsa, fikrlaringizni yozishingizni soʻragan boʻlar edim. PanPanChik #yozish 13:17, 4-Iyun 2023 (UTC)
Kaganskydan qoʻshimcha savollar
tahrir@Panpanchik:, avvalamvor administrator oʻlaroq oʻzbekcha Vikipediyaga xizmat qilishni taklif etganingiz uchun tashakkur! Siz nomzodingizni koʻrsatganda, oʻzbekcha Vikipediyada statusli maqolalar yaratganingizni, foydalanuvchilarga taqdim etiladigan bir nechta statusga ega ekanligingizni, eng asosiysi, oʻzbekcha Vikipediyada ayol-administratorlar soni kamligini yozgansiz.
- 1. Statusli maqola yaratish va administrator statusi orasida qanday bogʻliqlik mavjud deb oʻylaysiz? Sizningcha statusli maqolani 0dan yaratish yoki boshqa tildan tayyor maqolani tarjima qilib, unga sayqal berish administrator statusini olish uchun qanchalik darajada muhim ish sanaladi? — Kagansky munozara 21:53, 5-Iyun 2023 (UTC)
- Statusli maqola yaratish har qanday foydalanuvchini rivojlanishiga sabab boʻladi. Oʻzi statusli maqola tayyorlamagan administrator yoki oddiy foydalanuvchi, maqola haqida toʻliq xolis fikr bildira olmasligi mumkin. Statusli maqola yaratish bilganingizdek maʼlum meyorlarga javob bergan holatdagina amalga oshiriladi. Ammo shuni ham taʼkidlash kerakki, oʻzbekcha Vikipediyada statusli maqola yaratish ham oson ish emas nazdimda. Toʻgʻri men mustaqil tadqiqot asosida maqolani statusga bermaganman, ammo tarjima maqolalar ham qanchalik mashaqqat ila status olganligidan xabaringiz bor. Statusli maqolalar haqida toʻxtalib oʻtganimning sababi, qaysidur maʼnoda Vikipediyaga qoʻshgan xissamni izohlash uchun edi. Fikrimcha, statusli maqolalar yaratish administrator boʻlish uchun shunchaki bir plus tomon boʻla oladi. Xulosa chiqaruvchi oʻlaroq statusli maqola nomzodini tasdiqlay olsam ham, ammo bu oʻrinda administratorning oʻrni boʻlakcha. Oʻzi statusli maqola yaratmagan administrator bu borada kerakli xulosa berishga qiynaladi deb oʻylayman. PanPanChik #yozish 16:07, 6-Iyun 2023 (UTC)
- 2. Shu paytgacha sizga taqdim etilgan Eski holiga qaytaruvchi, Xulosa chiqaruvchi va Interfeys administratori statuslaridan qay darajada effektiv ravishda amaliy foydalanganingizni 5 balli sistemada oʻzingizni qanday baholaysiz? Kelajakdagi administrator sifatidagi faoliyatingiznichi? — Kagansky munozara 21:53, 5-Iyun 2023 (UTC)
- Eski holiga qaytaruvchi sifatida u qadar ahamiyatli ish qila olmaganman. Shuningdek, egallaganimga hali koʻp boʻlmagan interfeys administratori sifatida ham (ayrim atropogen omillari sabab). Ammo xulosa chiqaruvchi sifatida yomon faoliyat yuritmadim, umuman olganda qilgan ishlarim 3+ ga arzisa kerak deb oʻylayman . Kelajak haqida esa hozir ayni bir fikr ayta olmasam kerak. PanPanChik #yozish 16:07, 6-Iyun 2023 (UTC)
Adminlik majburiyatlaridan quyidagilarni bajarmoqchi ekanligingizni yozgansiz: "Yangi foydalanuvchilarga yordam berish, vandalizm bilan shugʻullanuvchi foydalanuvchilarni bloklash va yangi yaratilgan maqolalarni patrullab, ularni maksimal darajada yaxshi holatga keltirish."
- 3. "Yangi foydalanuvchilarga yordam berish" — administrator majburiyatlaridan biriga kirishiga izoh bera olasizmi? Nima sababdan bu ish bilan istalgan foydalanuvchi administrator statusisiz shugʻullanishi mumkin emas deb oʻylaysiz? Vikipediya mezonlariga mos boʻlmagan maqolalarni maslahatlar va ogohlantirishlarga qaramay yoppasiga yaratishda davom etadigan yangi va quloqqashshang foydalanuvchiga duch kelsangiz, administrator sifatida unga qanday yordam qoʻlini choʻzgan boʻlardingiz? — Kagansky munozara 21:53, 5-Iyun 2023 (UTC)
- Yangi foydalanuvchiga yordam berish administratorlik vazifasiga qay darajada kiradi bilmadimku, lekin men siz, Jamshid Nurqul, Umarxon Rahimov yordamisiz bu darajaga yeta olmagan boʻlar edim. Ehtimolki, qoidalarni yaxshi bilishingiz va tajribali ekanligingiz meni shu darajaga yetakladi. Administrator boʻlmagan holatimda ham koʻplab foydalanuvchilarga yordam berdim, ammo shuni aytib oʻtish kerakki, har doim ayni bir qoidani buzib qoʻymaslik hadigi bilan oʻrgatganman. Ehtimol, bu shunchaki adminofobiyadir yaʼni administratorlardan qoʻrqqanligim uchundir. Quloqqashang soʻziga uncha tushuna olmadim)) Lekin tushungan boshqa jumlalarimga koʻra shuni ayta olamanki, men ham qachonlardir qoidalarni bilmagan oddiy foydalanuvchi boʻlganman. Avvaliga oʻrgatishga urinaman, ogohlantiraman, kor qilmasa bloklayman. PanPanChik #yozish 16:07, 6-Iyun 2023 (UTC)
- 4. Vandalizm qilmagan, lekin, Vikipediya qoidalarini muntazam buzadigan roʻyxatdan oʻtgan va anonim foydalanuvchilarga nisbatan administrator sifatida qanday choralar koʻrgan boʻlar edingiz? — Kagansky munozara 21:53, 5-Iyun 2023 (UTC)
- Roʻyxatdan oʻtgan qoidabuzarlarni avvaliga ogohlantiraman, kor qilmasa umumiy muhokamada bloklash taklifi bilan chiqaman. Anonim foydalanuvchilarga nisbatan esa biroz qatʼiyroq munosabatda boʻlishni maqul koʻraman. Bir marotaba ogohlantirish va eʼtiborsiz boʻlgan holida bloklash kerak deb oʻylayman. PanPanChik #yozish 16:07, 6-Iyun 2023 (UTC)
- 5. Maqolalarni qaysi holatlarda patrullash mumkin emasligiga misol keltirsangiz? Shunday maqolalar bilan administrator sifatida qanday yoʻl tutgan boʻlardingiz? — Kagansky munozara 21:53, 5-Iyun 2023 (UTC)
- Yangi sahifalarni patrullash qoidasiga binoan oʻchirishga yoki tezda oʻchirishga andozasi qoʻyilgan holatlarda ularni patrullash shart emas. Shuningdek Avtomatik patrul sahifasiga binoan avtopatrul foydalanuvchilar roʻyxatidagilarning maqolalarini ham qayta tekshirish shart emas. Yana ham bu borada bizda hali aniq qoidalar mavjud emasligi sababli, kengroq fikr ayta olmayman. Savolning keyingi qismiga keladigan boʻlsak, patrullash zarurati yuqori boʻlmagan maqolalarga ortiqcha vaqt sarflamagan boʻlar edim. Uzwikida patrullanish zarurati boʻlgan maqolalar mavjud boʻlgan bir holatda boshqa yuqori zaruriyatga ega boʻlmaganlariga vaqt sarflamas edim. Yana ham hammasini vaqt koʻrsatadi. Patrullashga oid qoidalarni oʻzbekcha Vikipediyada ham toʻliq amaliyotga qoʻllay olsak, ehtimol fikrim qoidalarga mos tarzda oʻzgarishi mumkin. PanPanChik #yozish 16:13, 6-Iyun 2023 (UTC)
- 6. Boshqa foydalanuvchi tomonidan yaratilgan va siz tomoningizdan maksimal darajada yaxshi holatga keltirilgan maqolalarga misol keltirsangiz. — Kagansky munozara 21:53, 5-Iyun 2023 (UTC)
- Odatiy holatda boshqalar yaratgan maqolalarni u qadar koʻp tahrirlamayman, sababi men qiziqqan mavzular, olamlar bizning vikida hali kashf etilmagan. Ammo yaqinda TR statusini olgan Yaponiya shaharlari roʻyxati maqolasi avvaliga Alpasli tomonidan yaratilgan edi. Shuningdek bu va mana bu sahifadagi maqolalarni imkon doirasida yaxshilashga uringanman. Odatda boshqalar tomonidan yaratilgan maqolani tahrirlashdan koʻra, yangi yaratishni koʻproq yoqtiraman, sababi, mening noodatiy feʼlimga mos keladigan maqolalar hali yaratilmagan. PanPanChik #yozish 16:01, 6-Iyun 2023 (UTC)
- 7. Siz eslab oʻtmagan administratorlik majburiyatlaridan yana qaysilari mavjud? Ularni ham bajarishda boʻlajak safdoshlaringizga yordam berish niyatidamisiz? — Kagansky munozara 21:53, 5-Iyun 2023 (UTC)
- Vandal foydalanuvchilarni bloklash))) Menga sahifalarni muhofazalash faoliyati koʻproq qiziq. Boshqa Vikipediyalarda koʻplab maqolalar va andozalar tahrirlashdan himoyalangan. Men ham kelajakda shu faoliyatni amalga oshirilishiga hissa qoʻshmoqchiman. Shuningdek, ayrim qoidalarni ham forumda ovoz berish yoʻli orqali kiritish niyatidaman PanPanChik #yozish 16:01, 6-Iyun 2023 (UTC)
- 8. Renessans olimlari qomusi maqolasining mavzusi ensiklopedik ahamiyatga ega deb oʻylaysizmi? Aytmoqchi boʻlgan javobingizni qanday asoslaysiz? — Kagansky munozara 21:53, 5-Iyun 2023 (UTC)
- Renessans olimlar qomusi kitobi tarkibiga kirgan shaxslarning aksar qismi EA ga ega deb hisoblayman. Sababi asar ensiklopedik ohangda yozilgan, ensiklopediya qoidalariga koʻra tuzilgan va muhokamadan oʻtgan. Vikipediyaga maqola oʻlaroq kiritishning ayrim qoidalariga javob bermaydigan maqolalarni esa yozmaslikka harakat qilganman. EA sahifasining Marhum shaxslar boʻlimi 1-bandiga binoan, maqolasi men tomonimdan kiritilgan olimlarning katta qismi islom ummatiga hadislarni yetkazib berish bilan shugʻullanishgan, fikrimcha, bu shaxslar qilgan ishlari ahamiyatli boʻlmaganida, ayni islom sohasi olimlari tomonidan bu qadar etirof etilmagan boʻlar edi. 2-bandga binoan Renessans olimlari qomusi asari ilmiy tadqiqot emas va unda berilgan shaxslar xususidagi maʼlumotlarning aksar qismi boshqa manbalarga asoslanadi. Boʻlimning soʻnggi bandiga koʻra, asarning oʻzi yetarlicha darajadagi ishonchli manba boʻla oladi. Sababi asar ham ayni mustaqil tadqiqot asosida emas, asosan boshqa manbalar asosida tuzilgan. PanPanChik #yozish 16:01, 6-Iyun 2023 (UTC)
- 9. Siz 2023-yil yanvar—mart oylari davomida yaratgan koʻplab maqolalarda shu kitobni mana shu tarzda "Z. Munavvarov va boshqalar. Renessans olimlari qomusi (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 39 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2." manba oʻlaroq koʻrsatgan ekansiz. Shu birgina manba asosida yaratilgan maqolalarning EAga ega ekanligini va oʻchirilmasligi kerakligini VP:BIOning qaysi mezonlariga binoan asoslab bera olasiz? Qaysi hollarda manbada muallif lotin yozuvida, kitobning nomi esa kirillda koʻrsatilishi mumkin? — Kagansky munozara 21:53, 5-Iyun 2023 (UTC)
- Renessans olimlari qomusi asarining oʻzi ensiklopediya oʻlaroq chop etilgan. Uning Vikipediyaga kiritilishi OʻzME maqolalari singari sodir boʻldi (albatta maʼlumotlarning Vikipediya qoidalariga asosan yozilishiga kuchli eʼtibor qaratilgan). VP:BIO shartlariga mos kelishi xususida esa yuqorida tushuntirish berdim. Soʻnggi savolga keladigan boʻlsak, asar toʻlaligicha krill alifbosida yozilgan edi. Shu sababli ham asar nomini oʻz aslicha qoldirishni maqul koʻrgan edik. Sababi bu haqida Vikipediyada ayni bir qoidani ham topa olmaganmiz ushanda. Keyingi maqolalar ham ayni bir manba shabloni asosida yaratilgan va bu bora hech kim ogohlantirish bermagan edi. PanPanChik #yozish 16:01, 6-Iyun 2023 (UTC)
Taʼkidlab oʻtish joiz. Siz qisqa davr ichida oʻzbekcha Vikipediyada oʻzingiz bilan deyarli bir vaqtda faoliyatini boshlagan foydalanuvchilarning aksariyatiga nisbatan juda aktiv faoliyat yuritdingiz. Aytganingizdek, Vikipediyamiz ayol-administratorlar soni jihatidan ham juda oqsoq. Siz oʻzbekcha Vikipediya tarixida yangi maqolalarni patrullashni oʻz zimmasiga olishini bildirgan administratorlikka birinchi nomzod ham boʻldingiz. Toʻgʻrisi, kreativligingiz tahsinga loyiq! — Kagansky munozara 21:53, 5-Iyun 2023 (UTC)
- Kagansky avvalo mazkur soʻrovga befarq boʻlmaganligingiz va iliq fikrlaringiz uchun tashakkur. Savollarga imkon doirasida va shu vaqtgacha oʻzlashtirgan bilimlarim asosida javob berdim. Tushunarsiz hamda, sizni qoniqtirmaydigan javoblar mavjud boʻlsa, kengroq toʻxtalib oʻtishga tayyorman. PanPanChik #yozish 16:01, 6-Iyun 2023 (UTC)
Natija
tahrirStatus berildi | ||
---|---|---|
Rozilar: | 16 | |
Qarshilar: | 0 | |
Betaraflar: | 0 | |
Rozilar ovozlari foizi: | 100% |
Bajarildi. Omad! Nataev munozara 03:26, 9-Iyun 2023 (UTC)
- Yuqoridagi munozara administratorlikka soʻrov arxivi sifatida saqlanadi. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang. Ushbu sahifada boshqa tahrir qilinmasligi lozim.