Vikipediya:Manfaatlar ziddiyati

Vikipediyada manfaatlar ziddiyati (MZ) deb Vikipediyaning betaraf ensiklopediya yaratish manfaati va muallifning oʻz manfaati orasidagi ziddiyat tushuniladi. Maqola yozayotgan shaxs Vikipediya manfaatini bir chetga surib, oʻzini yoki oʻziga yoki boshqa manfaatdor shaxslarga tegishli tashkilot, muassasa, ixtiro, ijod va boshqalarni maqtab yozsa manfaatlar ziddiyati vujudga keladi. Maqola yozayotganda betaraf va nufuzli manbalarga tayanish kerak. Reklamaga yoʻl qoʻyilmaydi.

MZ bor tahrirlar qilish qatʼiyan tavsiya etilmaydi. Agar tayinli tahrirlar betaraflik, Vikipediya nima emas va Ensiklopedik ahamiyat kabi qoidalarni buzsa, shu tahrirlar muallifi muayyan muddatga chetlashtirilishi mumkin. Maqolada MZ topilishi Vikipediyadan tashqarida ham samara koʻrsatishi, maqola kimning foydasiga yozilgan boʻlsa, oʻsha shaxs yoki tashkilotga zarar keltirishi mumkin.[1]

Vikipediya reklama uchun joy emas, balki ensiklopediyadir. Barcha vikipediyachilar betaraf, ishonchli ensiklopediya yaratishlari lozim. Bunga rioya qilmagan har qanday vikipediyachi MZ da shubhalanishi mumkin.

Izohlar

tahrir
  1. Vikipediyadagi maqolalar va undagi xatolar OAV xabarlariga tushishi, MZ oshkor boʻlishi mumkin.