Anvar Abdushukurov (tahrir | munozara | tarix | himoya | oʻchirish | ishoratlar | kuzatuv | qaydlar | koʻrishlar)
(Manbalar izla: Google (kitob · yangiliklar · akademik · erkin tasvirlar · WRS) · FENS · JSTOR · NYT · VP kutubxonasi)

VP:OLIMLAR boʻyicha ensiklopedik ahamiyatga ega emas. Keltirilgan yaqona manba esa nufuzli emas. Nataev munozara 14:47, 25-Dekabr 2023 (UTC)

Nataev, mana bu manbada akademik ekani aytilmoqda. Uzreport.uzdan lavha ekan. internetda ham manbalar bor ekan boshqa. oʻylashimcha, EAga ega ) Alpasli (munozara) 15:55, 25-Dekabr 2023 (UTC)
Akademik boʻlishning oʻzi yetarli emas-da. Uzreport nisbatan ishonchli manba, ammo uning oʻzini manba qilib koʻrsatish kerak, mover.uz kabi video hosting xizmatini emas. Yana qoʻshimcha manbalar topilsa, Abdushukurov EAga egaligini asoslash mumkin. Nataev munozara 16:07, 25-Dekabr 2023 (UTC)
tushundim. mana bu manbada fakultet professori deb eslanib oʻtilibdi. bunda esa faoliyatiga doir yaxshiroq maʼlumotlar berilibdi. bu ham bor. qisqasi, krill yozuvida qidirilsa, bu olim haqida maʼlumotlar chiqib kelar ekan. kimyo sohasida faoliyat olib borgani va bu soha olimlari faoliyati keng yoritilmaganini hisobga olib, maqolani qoldirgan yaxshiroq deb oʻylayman. Alpasli (munozara) 17:36, 25-Dekabr 2023 (UTC)
Birinchi manbada Abdushukurov asosiy mavzu emas ekan. Ikkinchisi esa referat. Uchinchisi esa anjuman materiali. Sal nufuzliroq manba topib, olib qolishimiz mumkin deb oʻylayman. Nataev munozara 18:37, 25-Dekabr 2023 (UTC)
  Oʻchirilsin. Bironta ahamiyatli ilmiy ishi yoʻq. Faxriy unvonlari yoʻq. Nufuzli manbalarda tilga olinmagan. Umarxon III (munozara) 08:15, 25-Yanvar 2024 (UTC).
Umarxon III, Bironta ahamiyatli ilmiy ishi yoʻq debsiz, kimyo fanlari doktoriga xulosa berishdan avvval internetdan biror ilmiy ishini axtarib oʻqib koʻrmaganingiz kundek ravshan. Nufuzli manbalarda tilga olinmagan degansiz, Oʻzbekistonda olimlar faoliyati yoritiladigan nufuzli manba yoʻq. olimlar dissertatsiya yoqlash jarayonlari, kitob va maqolalarda tilga olinadi asosan. Faxriy unvonlari yoʻq, debsiz. Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlari orasida kimyogar olimlarga beriladigan maxsus unvon yoʻq. Oʻzbekiston fan arboblari ham asosan tarix sohasida faoliyat yuritgan va fizik olimlardir. kimyogar olimlarga unvon berilishi bizda kam uchraydigan jarayon (yoʻq deyarli). shu jihatlari hisobga olinishi kerak deb oʻylayman. Alpasli (munozara) 13:28, 25-Yanvar 2024 (UTC)
Yuqorida yozganlaringiz oʻzingizning shaxsiy fikrlaringizdir. olimlar dissertatsiya yoqlash jarayonlari, kitob va maqolalarda tilga olinadi asosan. Tilga olinsa, Vikipediyaga kiritaverish kerakmi? Gapingiz boʻyicha har bir fan nomzodi, har bir fan doktori haqida maqola yaratilishi kerakmi shunda? Nufuzli manba keltirmasa ham boʻlaveradimi? Shu paytgacha qabul qilingan qoidalarni chetga surib qoʻyaylikmi? Davlat mukofotlari va unvonlari haqida yetarlicha maʼlumotlarga ega boʻlmay turib, fikr bildirmaganingiz maʼqul. Davlat mukofotlari qaysi soha vakili boʻlishidan qatʼiy nazar, har qanday shaxsga berilishi mumkin, kimyogarga berilmasin degan joyi yoʻq. Mana bu va bu maqolaga qarab koʻring. OʻzMEdan olingan Oʻzbekistonlik olimlarning maqolalarini tahrirlab, toʻldirib chiqishingizni maslahat beraman. Umarxon III (munozara) 14:03, 25-Yanvar 2024 (UTC).
Nataev, Innovatsion rivojlanish agentligi bu sahifa Innovatsion rivojlanish agentligining Facebook rasmiy sahifasi boʻlib, u kishining faoliyatiga bagʻishlangan maqola keltirilgan ekan. ammo, odatdagidek oʻchirilgan. Oʻzbekistonda internet maqolalar tozalanib turiladi odatda. shu jihatlari ham hisobga olinishi kerak deb oʻylayman. Alpasli (munozara) 13:40, 25-Yanvar 2024 (UTC)
Hech qaysi nufuzli manbada olim haqida toʻliq maʼlumot mavjud emas. Olim sifatida EA uchun asos boʻladigan nufuzli manbalardan biri ResearchGate platformasida esa 1 ta asari mavjud. Ushbu asar 916 marta oʻqilgan boʻlsa-da, bor yoʻgʻi uchta iqtibos keltirilgan. Shundan kelib chiqqan holda, bu borada ham EA shubha ostida. Google Scholar platformasida olimning bir qancha ishlari joylangan boʻlib, ularga jami 43 ta iqtibos keltirilgan. Shuningdek, ushbu platformadagi h-index 4 ga teng ekan. Balki shu tomonlama EAga ega ekanligi asoslanar. Boshqa arzirli maʼlumot topilmadi. Laziz Baxtiyorov (munozara) 10:33, 29-Yanvar 2024 (UTC)
Yuqorida aytilgani kabi kirillcha matnda izlanganda ham olim haqida tayinli maʼlumot chiqmadi. Birgina Cyberleninka saytidagi ilmiy maqolasi topildi. Ushbu maqola ham 58 marta koʻrilib, 23 marta yuklab olingan. Google Patents platformasida ham bir qator shaxslar qatorida ismi qayd etilgan bitta patent topildi. Laziz Baxtiyorov (munozara) 10:38, 29-Yanvar 2024 (UTC)
  •   Oʻchirilsin menimcha , munozarani yopish vaqti kelgan 2023-yilda o'chirishga berilgan ekan Axadjon1 (munozara) 06:00, 19-Aprel 2024 (UTC)