Vikipediya:Tanlangan maqola nomzodlari/Buxoro qamali
- Quyidagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Nominator(lar): Laziz Baxtiyorov (munozara) 09:03, 16-Noyabr 2023 (UTC)
Moʻgʻullar tomonidan 1220-yilda Buxoroning egallanishiga oid mazkur maqolani tanlangan maqola statusi uchun nomzod qilib koʻrsatmoqdaman. Maqolani oʻqib, xatoliklarini tuzatishga yordam berasiz hamda statusga erishishi uchun ovoz berasiz deb umid qilaman. Laziz Baxtiyorov (munozara) 09:03, 16-Noyabr 2023 (UTC)
Fikrlar
tahrirBaʼzi tushunmagan joylarim boʻldi masalan:
- Olim tuman (eng katta moʻgʻul harbiy qismi) koʻpincha oʻlchamlari boʻyicha haddan ortiq oshirilgan deb taxmin qiladi
- bu oʻlchamlar kim tomonidan oshirib koʻrsatilgan deb hisoblangan? Chunki bu gapdan oldin 2 ta olimning fikrlari keltirib oʻtilgan ekan.
- Ushbu gap uchun fikrning manbasi koʻrsatib oʻtilgan. Laziz Baxtiyorov (munozara) 07:18, 2-Dekabr 2023 (UTC)
- bu oʻlchamlar kim tomonidan oshirib koʻrsatilgan deb hisoblangan? Chunki bu gapdan oldin 2 ta olimning fikrlari keltirib oʻtilgan ekan.
- Avval Chingizxonning toʻngʻich oʻgʻli Joʻji va sarkarda Jebe boshchiligidagi avangard Tyan-Shan dovonlaridan oʻtib, Sharqiy Fargʻona vodiysidagi shaharlarni talay boshladi.
- mana shu gapda avangard soʻzini balkim boshqa soʻz bilan almashtirish kerakmikin? Chunki Avangard maqoalasida ushbu soʻz haqida moʻgʻul lashkarlarida manglay, mangʻlay deyilgan deb keltirilgan ekan.
Xoqoni Said yozish 07:43, 1-Dekabr 2023 (UTC)
- Tuzatildi Fikrlar uchun rahmat. Laziz Baxtiyorov (munozara) 07:18, 2-Dekabr 2023 (UTC)
maqola Oʻzbekiston tarixiga oidligi yuqoriligi sababli asosan oʻzbek tilidagi manbalar tiliga uygʻun yozilishi lozim deb oʻylayman. ayrim oʻrinlarda Xorazm imperiyasi kabi soʻzlar bilan ifodalangan davlat. xorij manbalari bu shaklda olgani bizning ham shu shaklda olishimiz kerakligini anglatmaydi, oʻzbek tarixchiligiga oid manbalarda asosan Xorazmshohlar davlati shaklida olingan. davlatning maʼlum muddat egalik qilgan qudrati uni imperiya deb taʼriflashga asos boʻlishi mumkindir, ammo, Xorazm imperiyasi deyilishiga emas. maqola matni sodda/ravon qilib qayta tahrirlansa va maqolaga oʻzbek tilidagi manbalar ham ilova qilinsa, nur ustiga aʼlo nur boʻlardi. albatta, maqolaning sifat qozonishida qoʻldan kelganicha yordam beraman. Alpasli (munozara)
- Tuzatildi. Bu davrga oid oʻzbek tilidagi manbalardan xabardor emasman. Agar sizda maʼlumot boʻlsa va qoʻshib qoʻysangiz, goʻzal ish boʻlardi. Laziz Baxtiyorov (munozara) 15:46, 14-Dekabr 2023 (UTC)
- Maqola yaxshi rasmiylashtirish joyida. Faqat shu bilgiqutiga enwikidagi xaritalarni qo'shsak yanada zo'r bo'lar edi Programmer (munozara) 08:19, 25-Dekabr 2023 (UTC)
- Fikr bildirganingiz uchun rahmat. U xaritani qoʻshish uchun bilgiqutini EnWikidagi kabi qayta tuzishga toʻgʻri kelarkan. Agar shu masalani yaxshi tushunib, qilib bersangiz, qoʻshish muammo emas. Laziz Baxtiyorov (munozara) 16:52, 25-Dekabr 2023 (UTC)
Rozilar
tahrir- Roziman Bir qarashda maqolada kamchiliklar koʻrmadim. Ajoyib maqola uchun tashakkur! – Axadjon1 (munozara) 05:54, 24-Noyabr 2023 (UTC)
- Roziman Maqola ajoyib yozilgan, maqola menga yoqgani uchun qoraqalpoq tiliga tarjima qilganman. Doniyor Yóldoshev (munozara) 12:54, 4-Dekabr 2023 (UTC)
- zor chiqibdi ijodizga omad 213.230.92.26 16:29, 7-Dekabr 2023 (UTC)
- Roziman – Xoqoni Said yozish 10:23, 27-Fevral 2024 (UTC)
- Roziman Milliy tarixchiligimizga oid maqolalarni koʻpaytishish tarafdoriman, bu maqola professional yozilgan, omad! Usmonov Gayrat yozish 23:37, 2-Mart 2024 (UTC)
- Roziman. EnWikida statusga loyiq koʻrilgan. Biror foydalanuvchida mazmuniga eʼtiroz boʻlganida vaqtida tuzatilsa boʻlgani. Boshqa kamchiliklarga koʻzim tushmadi. — Kagansky munozara 15:47, 29-Mart 2024 (UTC)
- Roziman. maqolaga mehnati singganlar, jumladan, nominator Laziz Baxtiyorov va (beminnat tahrir qilgan) Jamshid Nurkulovga rahmat. Alpasli (munozara) 22:04, 29-Mart 2024 (UTC)
Qarshilar
tahrirBetaraflar
tahrirXulosa
tahrirBajarildi — nominatorga tashakkurlar, davomli boʻlsin! Jamshid Nurqul (munozara) 22:08, 29-Mart 2024 (UTC).
- Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.