Vikipediya:Tanlangan maqola nomzodlari/Futbol boʻyicha 1930-yilgi jahon chempionati
- Quyidagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Mundarija
- Nominator(lar): Hasan Alimov (Munozara) 13:30, 25-Avgust 2023 (UTC)
Assalomu alaykum oʻzbekcha Vikipediya foydalanuvchilari va administratorlari. Ushbu maqola futbol tarixidagi ilk jahon chempionati haqida. 2014-yilda yaratilgan chala maqolani ruscha Vikipediyadan toʻliq tarjima qildim. Maqola 5ta tilda YM statusini olgan. Oʻzbekcha Vikipediyada esa TM statusiga nomzod qilib koʻrsatmoqchiman. Maqola bilan tanishib chiqib, undagi kamchiliklarni fikrlar boʻlimida yozib qoldirishingizni va ovoz berish jarayonida faollik koʻrsatishingizni soʻrayman. Hasan Alimov (Munozara) 13:30, 25-Avgust 2023 (UTC)
Fikrlar
tahrirAssalomu alaykum. Shu tariga Óscar Bonfiglio jahon chempionatida gol oʻtkazib, shu jumlada tariga ketib qolibdi Mrjavokh1r 20:55, 25-Avgust 2023 (UTC)
- Vaalaykum assalom. Xatolik tuzatildiHasan Alimov (Munozara) 16:00, 25-Avgust 2023 (UTC)
- Baʼzi Snf andozalari ishlamayapti. Misol 19-manba. Ibrohimjon 17:03, 25-Avgust 2023 (UTC)
- Tuzatildi. Sfn andozalarni hammasini koʻrib chiqdim birma-bir. p= parametri kiritilmay qolib ketgan ekan. Shunga ishlamagan. Hammasi tuzatildi, ishlayapti. Hasan Alimov (Munozara) 18:06, 25-Avgust 2023 (UTC)
- Assalomu alaykum. Ayrim oʻrinlarda vikifikator yetmagan joylar bor. Masalan „Biroq Angliya Futbol Assotsiatsiyasiyasi turnirni eʼtiborsiz qoldirib, oʻzining professional jamoasini ishtirok uchun Turin shahriga yubormadi.“ gapida. Ayrim oʻrinlarda gap tugallangandagi nuqtalar uzoqlashib ketgan, masalan, 2. Shuningdek Havolalar qismini ham qoʻshishni va pastki qismidagi Jahon chempionatiga oid andozalarni qoʻshish maqolani ancha boyitgan boʻlar edi. AnvarxonM 16:43, 27-Avgust 2023 (UTC)
- Vaalaykum assalom. Bajarildi. Matn toʻliq vikifikatorlandi, havolalar boʻlimi qoʻshildi, JCHga oid andoza qoʻshildi. Maqolani qayta koʻrib chiqsangiz boʻladi. -- Hasan Alimov (Munozara) 13:36, 27-Avgust 2023 (UTC)
- Assalomu alaykum. Argentina esa AQSh tema jamoasini magʻlub etdi«#Yarim finallar» boʻlimiga oʻtish. 68 ming tomoshabin koʻz oʻngida boʻlib oʻtgan final bahsida urugvaylikar 4:2 hisobidagi gʻalabani qoʻlga kiritishdi va jahon kubogining ilk sohibiga aylanishdi«#Final» boʻlimiga oʻtish. Sh jumlada imloviy xatoliklar bor yana bir bor koʻrib chiqsangiz yaxshi boʻladi.Diljahon 15:42, 30-Avgust 2023 (UTC)
- Tuzatildi. Hasan Alimov (munozara) 10:55, 30-Avgust 2023 (UTC)
Qoʻshimcha fikrlar
tahrirSalom. Avvalo yaxshi rasmiylashtirilgan maqola uchun muallifga rahmat. Lekin unda bir qator kamchiliklar mavjud. Jumladan:
- Okina va tutuq belgisi qoʻllanilishida xatoliklar bor (Qurʻa ga oʻxshash).
- Kubok (balandligi — 35 sm, ogʻirligi — 3,8 kg) 925 probali oltin bilan qoplangan kumushdan tayyorlangan. Asosi Lazuritdan iborat bu jumlalar ham qandaydir tushunarsiz berilgan. Kumush haqidagi qismga biroz oʻzgartirish kiritish lazuritni wikilinklash va menimcha kichik harfda yozgan maqul.
- Chiziqcha qoʻllashda 15—25 bu kabi holatlarda kalta chiziqcha qoʻllanilgani maqul. Bilganingizdek bu faqat yillar orasida qoʻllaniladi.
- Ayrim oʻrinlarda qoʻshtirnoqning yarmi wikilinklanib ketgan.
- hayotdagi soʻnggi futbolchi edi. bu jumla ham tushunarsiz. Shunda nima yer yuzida bironta futbolchi qolmagan edimi? Toʻliq gapni tushunib oʻqish birmuncha qiyin.
Qoʻshimcha tarzda aytish mumkinki yillarni ham bir martadan wikilinklab chiqsangiz goʻzal ish boʻladi. PanPanChik #yozish 15:41, 27-Avgust 2023 (UTC)
- Assalomu alaykum. Xatoliklar haqida xabar berganingiz uchun rahmat.
- Hasan Alimov (munozara) 13:57, 28-Avgust 2023 (UTC)
- Manbalarda {{{editor}}} deb chiqib qolgan xatoni tuzatish kerak. Kagansky munozara 21:06, 11-Dekabr 2023 (UTC)
Maqolada jiddiy kamchiliklar bor. Masalan: bilgiqutida „1ta shaharda“, deb yozilgan — hech qachon son bilan soʻzni qoʻshib yozmang; „1- marta“, deyilgan — buni „1-marta“ deb probelsiz yozish kerak; „har o′yinda o′rtacha 3.89ta“, „har o′yinda o′rtacha 30 505ta“ — bu yerda oʻ harfi xato yozilgan va son bilan harf qoʻshilib ketgan; „8 gol“ — „8 ta gol“ deb yozilsa tushunarliroq boʻladi. Bu hali faqat bilgiqutidagi xatoliklar, maqolaning ichini hali oʻqimadim. Tilga eʼtiborli boʻlingiz! Jamshid Nurqul (munozara) 09:39, 12-Dekabr 2023 (UTC)
Rozilar
tahrir- Roziman – Diljahon (munozara) 6:50 1-sntyabr 2023 (UTC)
- Roziman. Aytib oʻtilgan kamchiliklar tuzatilgani uchun. Ibrohimjon 17:35, 23-Sentyabr 2023 (UTC)
- Roziman – Jiddiy kamchiliklar koʻrmadim, muallifga tashakkur. Futbolga oid statusli maqolalar koʻpayotganidan hursandman. Mrjavokh1r (munozara) 6:50 1-sntyabr 2023 (UTC)
- Roziman — Xoqoni Said yozish 07:52, 25-Oktyabr 2023 (UTC)
- Roziman Maqola yaxshi yozilgan, jiddiy kamchiliklarni koʻrmadim — Axadjon1 (munozara) 06:02, 24-Noyabr 2023 (UTC)
- Roziman Nomzod tomonidan maqola oddiy foydalanuvchilar va maqolani oʻquvchilar uchun tushunarli tarzda yaratilgan Humoyun Qodirov (munozara) 13:30, 10-Dekabr 2023 (UTC)
- Roziman – Shahriyor06 (munozara) 19:14, 10-Dekabr 2023 (UTC)
- Roziman. Futbol tarixi haqidagi maqola goʻzal shaklda yozilgan. Nasib qilsa futbol tarixiga qiziquvchi yoshlar oʻz ona tilida maqolani oʻqiydi deya umid qilaman. Muallif boshqa jahon chempionatlarini ham tanlangan maqola maqomiga olib chiqishga harakat qiladi degan umiddaman.-- Mirzoulugʻbek |@ 16:18, 11-Dekabr 2023 (UTC)
- Roziman. Statusga munosib maqola. Umarxon III (munozara) 06:48, 12-Dekabr 2023 (UTC).
- Roziman. TM kriteriylari mos holatga keltirilgan. Oʻzbekchada tushunarli ohangda yozilgan. Kagansky munozara 14:17, 12-Dekabr 2023 (UTC)
- Roziman Nominatordan yana sifatli maqolalar kutib qolamiz. Laziz Baxtiyorov (munozara) 14:24, 12-Dekabr 2023 (UTC)
- Roziman Ajoyib maqola! Muallifga tashakkur. FreetimeeditorII (munozara) 14:28, 12-Dekabr 2023 (UTC)
Qarshilar
tahrirHozirgi holatida Qarshiman! Yuqorida baʼzi kamchiliklarni keltirib oʻtdim: „Maqolada jiddiy kamchiliklar bor. Masalan: bilgiqutida „1ta shaharda“, deb yozilgan — hech qachon son bilan soʻzni qoʻshib yozmang; „1- marta“, deyilgan — buni „1-marta“ deb probelsiz yozish kerak; „har o′yinda o′rtacha 3.89ta“, „har o′yinda o′rtacha 30 505ta“ — bu yerda oʻ harfi xato yozilgan va son bilan harf qoʻshilib ketgan; „8 gol“ — „8 ta gol“ deb yozilsa tushunarliroq boʻladi.“ Bu hali bilgiqutidaki kamchiliklar. Maqolaning ichidagi matnni ayni paytda oʻqib chiqyapman. Boshqa ayrim nomzodlarda boʻlgani kabi „Fikrlar“ boʻlimida yozilgan kamchilikka koʻz yumib xulosa chiqarib yuborilmasligi uchun shu yerga yozishga majbur boʻlyapman. Agar nominator aytib oʻtilgan va maqola ichida mavjud kamchiliklarni bartaraf etsa, fikrimni oʻzgartiraman. Boshqa ishtirokchilarga nisbatan nohaqlik boʻlmasligi uchun tanlov vaqtida kamchiliklarni aynan nominator tuzatishi muhim. Jamshid Nurqul (munozara) 14:51, 12-Dekabr 2023 (UTC)- Assalomu alaykum. Yuqorida aytilgan bilgiqutidagi kamchiliklardan xabarim bor. Bilgiqutining strukturasida xato bor menimcha. Manba kodini oʻzgartirib, kamchilikni tuzatishga harakat qildim. Lekin enwikidan shunchaki nusxalangani uchun parametrlarga teginsam umuman ishlamay qolaverdi. Bilgiqutining xato ishlashi undagi probel bilan bogʻliq muammolarga va jumladagi gʻalizliklarga sabab boʻlyapti. Hasan Xamidovich (munozara) 21:04, 12-Dekabr 2023 (UTC)
- Vaalaykum assalom, bilgiqutidagi xatolarni bartaraf etdim, „8 gol“ jumlasidagi xatolik andozaga bogʻliq emas ekan, maqolaning oʻzidan tuzatib qoʻydim. Tirishqoqligingiz va salohiyatli inson ekaningizni hisobga olgan holda, xatolik andozadan kelib chiqqani uchun qarshi ovozimni bekor qilaman lekin maqola matnini yana bir bor koʻrib chiqing. Uzwikida sifatli maqolalar yarata olishingizga ishonaman, yoqimli tahrirlar! Jamshid Nurqul (munozara) 22:00, 12-Dekabr 2023 (UTC)
- Assalomu alaykum. Yuqorida aytilgan bilgiqutidagi kamchiliklardan xabarim bor. Bilgiqutining strukturasida xato bor menimcha. Manba kodini oʻzgartirib, kamchilikni tuzatishga harakat qildim. Lekin enwikidan shunchaki nusxalangani uchun parametrlarga teginsam umuman ishlamay qolaverdi. Bilgiqutining xato ishlashi undagi probel bilan bogʻliq muammolarga va jumladagi gʻalizliklarga sabab boʻlyapti. Hasan Xamidovich (munozara) 21:04, 12-Dekabr 2023 (UTC)
Betaraflar
tahrirXulosa
tahrirBajarildi — 12 ta rozi, qarshi ovoz bekor qilinibdi, betaraflar yoʻq. Muallifga rahmat, bardavom boʻlsin! — Muxriddin Azimov (munozara) 06:16, 13-Dekabr 2023 (UTC)
- Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.