AsosiyJavobsizlarKoʻrsatmalarMuhokamalarAsboblarArxivLoyiha

Vikipediyaning taqriz jarayoni – muharrir oʻzi ishlayotgan maqolani qanday yaxshilash boʻyicha boshqalardan fikr-mulohazalarini olishi yoki muharrir soʻragan muayyan masala yuzasidan maslahat olishi mumkin boʻlgan jarayondir. Jarayon foydalanuvchilarga oʻzlari bilmagan takomillashtirish yoʻllarini topishga yordam beradi. Mutaxassislar boshqa birovning ishini koʻrib chiqishda ishtirok etadigan real hayotda oʻzaro baholash jarayoni bilan taqqoslaganda, bu yerdagi koʻngillilarning koʻpchiligi, Vikipediyadagi aksariyat muharrirlar kabi, mavzu boʻyicha tajribaga ega emas boʻlishlari mumkin. Bu holatning yaxshi tomoni texnik jihatdan yozilgan maqolalarni oddiy oʻquvchi uchun ham qulayroq holatga keltirish imkonini oshirishi mumkin. Mutaxassis fikrini bilishni istagan foydalanuvchilar koʻngillilar roʻyxatidagi muharrirlar bilan bogʻlanishi yoki sohasiga tegishli Vikiloyihaga tashrif buyurishi kerak.

Taqriz berishni soʻrash uchun koʻrsatmalar sahifasiga qarang. Nomzodlar bir vaqtning oʻzida bitta maqola bilan cheklanadi va boshqa nominatorlarga sharh yozish orqali joriy nominatorlarni kamaytirishga yordam berishlari tavsiya etiladi. Istalgan foydalanuvchi taqrizga izoh berishi mumkin va har qanday izohga amal qilish sharti mavjud emas. Muhokama paytida foydalanuvchilar ham, nomzodlar ham maqolalarni tahrirlashlari mumkin. Statusli maqola yozmagan foydalanuvchilar ilk statusli maqola nomzodlarini taqrizdan oʻtkazishlari shart.

Taqrizchilarning sharhlari hamda barcha joriy sharhlar roʻyxatini bu yerda topishingiz mumkin.

Sanʼat

tahrir

Aniq fanlar

tahrir

Til va adabiyot

tahrir

Texnologiya

tahrir

Geografiya

tahrir

Falsafa va din

tahrir