Vikipediya:Koʻrib tahrirlagich

(Vikipediya:VisualEditordan yoʻnaltirildi)

Koʻrib tahrirlagich (VisualEditor) – Vikipediya (va MediaWikidan foydalanuvchi boshqa saytlar) sahifalarni WYSIWYG tartibida tahrirlash uchun dasturiy taʼminot. U foydalanuvchilarga viki-belgi tuzilishini oʻrganmasdan turib tahrirlar qilish imkonini beruvchi qulay dastur.

Koʻrib tahrirlagich haqida

Vikipediya Koʻrib tahrirlagichining „alfa“-versiyasi haqida videorolik (ingliz tilida)

Koʻrib tahrirlagich Vikipediyani tahrirlashning „vizual“ (koʻz bilan koʻriladigan) asbobi, yaʼni mohiyati jihatidan viki-belgilarni bilmasdan turib tahrirlar qilish imkonini beruvchi yangi tahrirlash tizimi hisoblanadi. U 2012-yil dekabr oyidan boshlab ingliz tilidagi Vikipediya boʻlimida moslama sifatida „alfa“-versiyada paydo boʻldi, 16 ta boshqa boʻlimlarga 2013-yil aprel oyidan va iyun oyining boshidan barcha boʻlimlarga qoʻshildi. Biz uni Vikipediyaning ingliz tilidagi boʻlimida 1-iyuldan boshlagan holda iyulning oxiriga qadar amalda barcha boʻlimlar uchun joriy etishni rejalashtirmoqdamiz.[1]

2013-yil 25-aprelda Wikimedia Foundation Vikipediyaning 15 ta til boʻlimida Koʻrib tahrirlagichning alfa-versiyasini ishga tushirdi: arabcha, xitoycha, gollandcha, inglizcha, fransuzcha, nemischa, italyancha, yaponcha, koreyscha, polyakcha, ruscha, ispancha va shvedcha til boʻlimlari. Shuningdek, sahifalar va sahifa boʻlimlarini tahrirlash uchun manba viki-matnni klassik tashrirlash imkoniyati ham mavjud boʻladi. 2013-yil 1-iyuldan 29-iyul oraligʻida Koʻrib tahrirlagich alfa-versiyadan beta-versiyaga oʻtdi va bundan keyin boshlangʻich holatga yoqib qoʻyiladi[2].

Hozirgi cheklovlari

  • sust yuklanish;
  • ayrim foydalanuvchilarda brauzerlarning qotishi;
  • tahrirlash oynasida alohida boʻlimni ochmoqchi boʻlinganda barcha maqola ochiladi;
  • oʻzgarishlar gʻalati koʻrinishi mumkin;
  • ayrim tuzilishlarni tahrirlash imkoni yoʻq (masalan, matematik formulalar);
  • faqatgina ayrim brauzerlarda foydalaniladi (Firefox, Chrome, Yandex va Safari; kelgusida – Internet Explorer);
  • faqat maqola nomfazosida va foydalanuvchilar sahifalarida tahrirlash imkoniyati;
  • faqat „Vektor“ va „Monobuk“ mavzularida (skinlarida) ishlaydi.

Joriy qilish jadvali

Sana Joriy qilish bosqichi Moʻljal boʻlimlar
1-iyuldan Koʻrib tahrirlagich barcha roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar uchun ochiladi Inglizcha Vikipediya
15-iyuldan Koʻrib tahrirlagich barcha ishtirokchilar uchun ochiladi
24-iyuldan Koʻrib tahrirlagichdan foydalanishga 2-faza boʻlimlaridagi barcha roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar uchun ruxsat beriladi Nemischa, ispancha, fransuzcha, ivritcha, italyancha, niderlandcha, polyakcha, ruscha va shvedcha Vikipediya boʻlimlari
29-iyuldan Koʻrib tahrirlagich 2-faza boʻlimlarining barcha ishtirokchilari uchun ochiladi
Avgustning ikkinchi yarmi Koʻrib tahrirlagich 3-faza boʻlimlarining barcha roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilari uchun ochiladi Yozuvlari bilan ishlanayotganlardan tashqari barcha Vikipediya boʻlimlari.
Avgustning ikkinchi yarmi, bir haftadan keyin Koʻrib tahrirlagich 3-faza boʻlimlarining barcha ishtirokchilari uchun ochiladi

Kelgusi ishlovlar

Hozirgi vaqtda bitta sahifani bir nechta foydalanuvchilar tomonidan tahrirlanishi toʻqnashuvlarga olib kelishi mumkin. Kelgusida hamkorlikda tahrirlash imkoniyatini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Koʻrib tahrirlagichni qanday qilib vaqtincha oʻchirib qoʻyish mumkin

Tahrirlagichni nofaollashtirish uchun menyuning „Moslamalar“ – „Tahrirlash“ – „Beta-imkoniyatlar“ boʻlimiga oʻtish va „Koʻrib tahrirlagichni beta-versiyada turgan paytida vaqtinchalik oʻchirish“ bandini tanlash kerak.

Yana qarang

Manbalar

Havolalar

Manbalar