Vikipediya:WikiStipendiya III marafoni/Haqiqiy vikimediachi
BOSH SAHIFA | TELEGRAM | YOUTUBE |
|
ASOSIY | QOIDALAR BAHOLASH TARTIBI |
PREMARAFON | ASOSIY MARAFON | PARAMARAFON | WIKINATIONS | NATIJA |
Haqiqiy vikimediachi tanlovi
tahrir„WikiStipendiya“ marafonining uchinchi mavsumi doirasida oʻzbekcha Vikipediyada sifatli kontent yaratilishiga sidqidildan kurashgan individual foydalanuvchilar Yoshlar ishlari agentligi tomonidan maxsus mukofotlar hamda oʻzbekcha Vikipediya jamoasi tomonidan ordenlar bilan taqdirlanadi.
Quyida keltirilgan mezonlar boʻyicha oʻzbekcha Vikipediyaga hech qanday foydani koʻzlamay, faqat oʻzbekcha kontent yaratilishiga hissa qoʻshishnigina koʻzlab tahrir qilib kelayotgan istalgan foydalanuvchi haqiqiy vikimediachi deb topilishi mumkin. Istalgan foydalanuvchi istalgan boshqa foydalanuvchini nomzod qilib koʻrsata oladi. Haqiqiy vikimediachi oʻlaroq bir necha foydalanuvchi taqdirlanadi.
Mezonlar
tahrirHakamlar foydalanuvchilarning hissasiga umumiy baho bergan holatda xulosa chiqaradilar. Shunday boʻlsa-da, hakamlar eʼtibor qaratadigan ayrim mezonlar bilan quyida tanishib chiqishingiz mumkin.
Oʻzbek tili jonkuyari – oʻzbek tilida mukammal kontent yaratgan, mavjud kontentdagi lingivstik kamchiliklarni bartaraf etgan foydalanuvchi („Tahrirchi“ ordeni / „Muharrir“ orden i / „Imlo posboni“ ordeni)
Koʻp qirrali vikimediachi – faqat oʻzbekcha Vikipediya bilan cheklanmay, boshqa loyihalarda (jumladan, Vikimaʼlumotlar, Vikiomborda) faol tahrir qilgan foydalanuvchi („Har tomonlama ajoyib“ ordeni)
Usta tarjimon – boshqa tillardan AT alomatlarisiz kontent tarjima qilgan foydalanuvchi („Rozett“ ordeni / „Faxrli tarjimon“ ordeni)
Mehmondoʻst – yangi foydalanuvchilarga har tomonlama (yaratgan kontentini yaxshilash, munozara sahifasida tushuntirib berish, t.me/uzwikichatda javob berish) orqali yangi foydalanuvchilarga yordam qoʻlini choʻzadigan foydalanuvchi („Qoʻllab-quvvatlash“ ordeni / „Ibivoy“ ordeni)
Saralovchi – sifatsiz kontentni aniqlash, uni yaxshilash yoki oʻchirishga hissa qoʻshgan foydalanuvchi („Sovuruvchi“ ordeni)
Turkum ustasi – maqolalarni konkret va tor maʼnoli turkumlar bilan boyitgan, yoʻq turkumlarni yaratgan va boshqa tillarga ulaydigan foydalanuvchi („Turkumlashtirish“ ordeni)
Qomuschi – nafaqat oʻzi yaratgan, balki mavjud maqolalar uchun nufuzli manbalarni, jumladan, noyob gazeta, kitob va jurnallarni izlab topuvchi, manbasiz maqolalarga manba qoʻshuvchi foydalanuvchi („Akademik bilim egasi“ ordeni / „Yoʻlkoʻrsatkich“ ordeni / „Manba“ ordeni)
Nomzodlar
tahrirQuyida istalgan foydalanuvchini nomzod qilib koʻrsatishingiz mumkin, ammo diff linklar bilan fikringizni asoslab berishingiz shart.
- Turkum ustasi nomzodligiga AnvarxonM ni koʻrsatmoqchiman. Tahrirlari orasidan mana bunday ([1], [2]) oʻzgartirishlarni koʻrish mumkin. Hozirgacha 4,382 ta turkum yaratgan. Turkumlarni boshqa tillarga ulaydi. Muzaffar Murodovich (munozara) 05:22, 15-Iyul 2024 (UTC)
- „Qomuschi“ ordeniga Humoyun Qodirov munosib deb hisoblayman. Muhim mavzularda nufuzli manbalar koʻrsatilgan ajoyib maqolalarni yaratgan. Masalan, Mirziyod Mirzoidov. Bundan tashqari, Oʻzbek tilida soʻzlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhining Telegram guruhida tez-tez noyob manbalarni, xususan, ham bosma, ham onlayn manbalarni topishga yordam berib turadi. Nataev munozara 18:06, 18-Iyul 2024 (UTC)
- „Saralovchi“ nominatsiyasi boʻyicha Hasan Xamidovich nomzodini taklif qilaman. Uning hissasini koʻrib chiqilsa, u avvaldan sifatsiz maqolalarga „oʻchirish“ andozasini qoʻyishda, ayrim maqolalar nomini koʻchirishda, baʼzi maqolalarni kichik tahrirlar bilan tuzatishda faol boʻlganini koʻrish mumkin. Jamshid Nurqul (munozara) 18:25, 18-Iyul 2024 (UTC)