- Qoidalar
- Marafon boshlanganidan soʻng 50 ta maqola yaratgan nomzodlar marafonda toʻlaqonli ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritadi;
- Marafonga Vikipediyada roʻyxatdan oʻtgan har bir foydalanuvchi qatnasha oladi;
- Marafonga quyidagi talablarga javob beradigan maqolalar qabul qilinadi:
- Maqola nomzod tomonidan yozilishi lozim;
- Maqola kamida 2 500 baytdan va kamida 200 ta soʻzdan iborat boʻlishi shart;
- Maqola mavzusi ensiklopedik ahamiyatga ega boʻlishi shart;
- Maqolada kamida 2 ta nufuzli manba boʻlishi shart;
- Maqolada avtomatik tarjima qilingan matn (Google Translate, Yandex Translate va hokazo) boʻlmasligi shart;
- Maqolada „original tadqiqot“, „betaraflik“, „manbasiz maqola“, „xatolar“, „wikify“ va boshqa tanqidiy andozalar boʻlmasligi shart;
- Maqola roʻyxat shaklida boʻlmasligi shart;
- Maqola mazmunli boʻlishi shart.
* Yaratgan maqolangizni Fountainga kiritishdan oldin, yuqoridagi talablarga mos kelishini tekshirib chiqing. Marafon qoidalariga mos kelmaydigan, lekin Fountainga kiritilgan maqola hakamlar tomonidan maʼqullanmaydi va 0 ball bilan baholanadi.