Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Nominator(lar): T6rabek (munozara) 09:15, 26-Iyun 2023 (UTC)

Assalomu alaykum. Bu maqola ingliz tilidan tarjima qilingan boʻlib, eng keng tarqalgan, 45 ta (ayrim manbalarda 47 ta) kichik turga ega boʻlgan „Qizil tulkilar“ haqida. Hurmatli Kagansky, Jamshid Nurqul, Laziz Baxtiyorov, Mirzo-Ulugʻbek Karimov, Munojat Maqsudxonova, Nataev, Muxriddin Azimov, Malikxan, Artemev Nikolay, Alpasli, Humoyun Qodirov, Visola Tangirova, Kamoliddin Azzamov va boshqa foydalanuvchilar fikringizni bildirib, ovoz berishingizni soʻrab qolaman! T6rabek (munozara) 09:15, 26-Iyun 2023 (UTC)

Fikrlar

tahrir
Avtomat tarjimaning alomatlari yaqqol koʻrinib turibdi. Toʻliq qayta tekshirib chiqing. — Kagansky munozara 09:44, 26-Iyun 2023 (UTC)
Ayrim joylarini toʻgʻirladim, qayta tekshirib koʻra olasizmi? T6rabek (munozara) 10:46, 26-Iyun 2023 (UTC)
Qaytadan tahrirlab bilgiqutini va rasmlarini ham olib oʻtsangiz yaxshi boʻlar edi. Misol Qizil panda maqolasini bir koʻring goʻzal qilib qilingan. — Abdufattohov Ibrohimjon () 10:10, 26-Iyun 2023 (UTC)
Bilgiqutini qoʻshdim, rahmat fikringgiz uchun :). T6rabek (munozara) 11:42, 26-Iyun 2023 (UTC)
Aytilgan bitta kichik xatoni tuzatib, qayta koʻrib bering, deb soʻrayvermang. Maqola qariyb boshdan-oyoq mashina tarjimasi. Har bir gapni tekshirib, tuzatib chiqsangizgina status olishi mumkin. Oddiy misol, Yevroosiya degan narsa yoʻq. Yevrosiyo bor. Nataev munozara 13:26, 26-Iyun 2023 (UTC)
Men ham faqatgina bitta xatoni toʻgʻirlab soʻraganim yoʻq. Butun boshli maqolani oʻqib, hamma xatoliklarni toʻgʻirlashga harakat qilyapman. T6rabek (munozara) 13:38, 26-Iyun 2023 (UTC)
T6rabek; Inglizcha Vikipediyada jadvallari va 116 ta manbasi bor. Sizda esa bunday emas. Ularni olib oʻtish kerak. Salazarov 14:39, 26-Iyun 2023 (UTC)
Matn jiddiy qayta ishlashga muhtoj. Avtomat tarjima ekanligi yaqqol sezilib turibdi. EnWikida maqola status olgan ekan. Lekin u yerda matn nisbatan uzun, jadvallar mavjud hamda suratlari koʻp ekan. Manbalari soniga qaralganda ham EnWikida 116 ta, UzWikidagi maqolada esa 28 ta. Goʻyoki davom etayotgan tanlov uchun pala partish tarjima qilib chiqilganga oʻxshaydi. Laziz Baxtiyorov (munozara) 14:07, 26-Iyun 2023 (UTC)
  1. Shimoliy yarimshar qoʻshib yoziladi.
  2. Qazilma davri: Oʻrta Pleystotsendan-hozirgacha,… (bilgiqutida). Bu yerda qazilma soʻzi mavzuga umuman mos emas. Bilgiqutini tahrir qilib, yaxshiroq soʻzga almashtirilishi kerak.
  3. Xavotirsiz hayvonlar roʻyhati? Balki xavfsiz hayvonlar roʻyhatidir?
  4. …yaʼni ularning tanalari leykistik va melanistik ranglarni ishlab chiqaradi[5]… Shunda tana rang ishlab chiqaradimi?
  5. Shimoliy tulkilar katta va yorqin rangga ega. „Rang“ soʻzi uchun „katta“ sifati ishlatilishiga birinchi bor duch kelyabman.
  6. Manbalar orasida joy tashlanmaydi! (…juda kam farq borligini koʻrsatadi[24] [25]. Genetik…)
  7. Havolalar boʻlimidagi baʼzi soʻzlar tarjima qilinmagan.

Sanaydigan boʻlsak, shu kabi mayda hatoliklar juda ham koʻp. Goʻyoki, Laziz Baxtiyorovning fikri toʻgʻridek. ANJANIY!!#suhbat 17:49, 26-Iyun 2023 (UTC)

Fikiringiz uchun rahmat. Keyingi maqolalarimda bularni albatta toʻgʻirlashga harakat qilyapman. Faqat „Hatoliklar“ soʻzi boʻgʻiz undoshi „x“ bilan yoziladi, yaʼni „xatoliklar“. T6rabek (munozara) 18:24, 26-Iyun 2023 (UTC)
Fikiringiz (Fikringiz) uchun rahmat. Keyingi maqolalarimda bularni albatta (, albatta,)toʻgʻirlashga (toʻgʻirlashga) harakat qilyapman (qilaman). Faqat "Hatoliklar" („Hatoliklar“) soʻzi (soʻzi) boʻgʻiz (boʻgʻiz) undoshi "x" („x“) bilan yoziladi, yaʼni (yaʼni) "xatoliklar" „xatoliklar“.ANJANIY!!#suhbat 10:10, 28-Iyun 2023 (UTC)
Muhokama vaqti vikifikatorlanmagan jumlalarga e'tibor berish shart emas. Muhimi maqolada vikifikatorlanish ahamiyatliroq. Komrontoy (munozara) 06:27, 1-Iyul 2023 (UTC)
3. Unday deb oʻylamayman. T6rabek (munozara) 18:44, 26-Iyun 2023 (UTC)

Qo'shimcha fikrlar

tahrir

Maqola tarjimasi juda yomon holatda. Masalan

  1. Gʻarbiy Yevropada tugʻilgan yaʼni mahalliy yagona tulki. Bu nima degani? Nima uni tugʻilishiga kimdir doyalik qilganmi? Gʻaliz jumla uni tushunarliroq qilish kerak.
  2. Yana qarang boʻlimi ham xato rasmiylashtirilgan. Yana qarang boʻlimi ayni Vikipediyada mavjud boʻlgan va maqolaga aloqador boshqa maqolalrga yoʻnaltirilishi kerak aslida.
  3. "Dunyodagi sutemizuvchilar turlari" kitobining 3-nashri, bu jumla: bu kitob oʻzbekchaga tarjima qilinganmi? Rasmiy tarjimasi boʻlmasa kitoblar nomlarini aslicha qolishi kerak emasmi?
  4. Ayrim oʻrinlarda snoskalar ham notoʻgʻri qoidaga zid tarzda rasmiylashtirilgan.
  5. Bilgiqutidagi qizil wikilinklar ham notoʻgʻri rasmiylashtirilish oqibatida shu holga kelgan.
  6. Clade andozasi tarkibini ham qayta koʻrib chiqish darkor. Nomlarni toʻgʻri yozish orqali Vikipediyada mavjud boshqa maqolalarga ulash mumkin boʻladi.
  7. Bu tur Yevroosiyadan kelib chiqqan bo'lib, Pleystotsen davrining O'rta Villafranchian davrida yashagan Vulpes alopecoides yoki unga bog'liq bo'lgan xitoy Vulpesdan shakllangan boʻlishi mumkin bu oʻrinda esa ham gʻalizlik ham vikifikatorlanmagan holatning guvohi boʻldim.
  8. Genetik xilma-xillikning yoʻqligi, qizil tulkini juda epchil tur boʻlishiga olib keladi, olib keldimi yoki sabab boʻldimi? Komrontoy (munozara) 06:22, 1-Iyul 2023 (UTC)

Rozilar

tahrir

Qarshilar

tahrir
  1.  Qarshiman Maqola ustida yetarlicha ishlanmagan. Avtomat tarjima nuqsonlari bor, asosan, joy nomlarida. Masalan, (San-Fransisko, 46-chi , Dunyodagi sutemizuvchilar turlarining 3-nashri 45 ta kichik tur mavjudligini aytib oʻtgan, tarjima qilinmagan: and, ([11]). Manba qavsga olingan) yana koʻp qismda ' va ʻ ishlatishda xatoliklar mavjud. Bu xatoliklar tuzatilgandagina oʻz ovozimi oʻzgartiraman. MrShaxas #Munozaracha 10:39, 26-Iyun 2023 (UTC)
    Xatoliklarni to'g'irladim, qayta ko'rib chiqa olasizmi? T6rabek (munozara) 11:05, 26-Iyun 2023 (UTC)
    Feyrbanks, Virjiniya bilogik atamaga uncha tushunmasamda binomial nomi bu ham bor, mumki, Toshga aylanga hayvon, "Dunyodagi sutemizuvchilar turlari" bunda qoʻshtirnoq ishlatishda xatolik.
    Uzr vaqtida javob yoza olmagandim. MrShaxas #Munozaracha 13:22, 8-Iyul 2023 (UTC)
  2. Fikrlar boʻlimidagi izohimdan kelib chiqqan holda  Qarshiman. — — Bu xabarni Laziz Baxtiyorov (munozara · hissasi) yozdi, lekin imzo qo‘ymadi
  3.  Qarshiman. Sababi — fikrlar boʻlimidagi izohim. — — Bu xabarni Anjaniy (munozara · hissasi) yozdi, lekin imzo qo‘ymadi
  4.  Qarshiman. EnWikidan oʻta chala va judayam koʻp kamchiliklar bilan avtomat tarjima qilingan. XM statusi kriteriylariga umuman mos emas. — Kagansky munozara 18:08, 26-Iyun 2023 (UTC)

Betaraflar

tahrir

Xulosa

tahrir

 Bajarilmadi — faqat qarshi ovozlar bor, rozilar yoʻq. Jamshid Nurqul (munozara) 10:58, 9-Iyul 2023 (UTC)

Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.