Vikipediya:Xushsifat maqola nomzodlari/Shirbudun saroyi
- Quyidagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Nominator: Umid1108
Mazkur maqola Buxoro amirining qarorgohlaridan biri Shirbudun saroyi haqida. Bir necha yillik izlanishlar natijasida maqola mustaqil yaratilib, manbalar asosida yozishga harakat qilindi. Oʻz fikringizni bildirib, ovoz berishda ishtirok etishingizni soʻrab qolaman. Umid1108 (munozara) 20:58, 19-Mart 2024 (UTC)
Fikrlar
tahrir1. Saroyning toʻliq buzib yuborlishi haqida maʼlumot berilmagan, vayronaga aylangan, deyilgan, xolos. Bilmagan odam saroy vayrona holida hozirgacha yetib kelgan ekan, deb oʻylashi mumkin. Saroy saqlanib qolmagani, uni buzib tekislab yuborishgani haqida yozilsa maqsadga movofiq boʻlardi.
2. Adabiyotlar boʻlimidagi ayrim oʻrinlarda tushunmovchilik bor:
2.1. „Дмитрiева-Кавказскoго Л.Э. По Cредней Азии Записки Художника. C-Петербургь: Издании А.Ф. Девриена, 1894 — 116 bet. “ shuni „По Cредней Азии. Записки Художника Л.Э. Дмитрiева-Кавказскaго . C-Петербургъ: Издание А.Ф. Деврiена, 1894 — 116 bet.“ tarzida oʻzgartirish kerak;
2.2. „Е.Маркова. Россия вы средней Азии; Очерки путешествия по Закавказью, Туркмении, Бухары, Самаркандской, Ташкенской и Ферганской областямь, Каспийскому морю и Волгь, C-Петербургь, 1901 — 531 bet. “ shuni „Е. Маркова. Россiя въ Средней Азiи; Очерки путешествiя по Закавказью, Туркменiи, Бухарҍ, Самаркандской, Ташкенской и Ферганской областямъ, Каспiйскому морю и Волгҍ, C-Петербургъ, 1901 — 531 bet. “ tarzida (qalin harflarga qarang), asliga mos qilib oʻzgartirish kerak.
3. Manbalar boʻyicha tushunmovchilik bor: Dmitriy-Kavkazskiydan keltirilgan snoskada (Дмитрiева-Кавказскoго 1894, s. 93.) „Saroy hovlisi markazida marmardan ishlangan hovuz va favvora mavjud boʻlgan“ deyilgan lekin Dmitriy-Kavkazskiyning kitobini ochib qaralganida (kitobning elektron verisyasini mana shu yerdan yuklab olish mumkin) 93-betda Abdulahadxonning portreti bor xolos, hech bir yozuv yoʻq. Shularga tuzatish kiritish kerak.
Hurmat bilan: Jamshid Nurqul (munozara) 11:42, 20-Mart 2024 (UTC)
- Assalom aleykum avvalo fikr bildirganingiz uchun tashakkur. Saroyning toʻliq buzib yuborilishi haqida maʼlumot hech bir manbada hali uchratmadim. Hali tarixchilar bu masalani ochib berishmagan. Aniq qachon, qayerda, nechinchi yilda toʻliq buzilgan bu ham hali aniqlanmagan. Baʼzi kitoblarda mualliflar taxminan 1930-yillarda buzilgan deyishadi. Ammo Buxoro davlat muzey qoʻriqxonasi Hujjatlar fondidagi izlanishlarim natijasida bir surat topgandim. Surat kichkina boʻlib, saroyning bir devori saqlanib qolgani aks etgan. Ammo qachon olingani, surat muallifi ham mavjud emas.
- Adabiyotlar masalasiga kelsak, siz keltirganingiz kabi qayta toʻgʻirilab chiqdim. Dmitriy-Kavkazskiyning Esdaliklaridagi maʼlumotlarni Buxoro davlat muzey-qoʻrixonasi Ark oʻlkashunoslik muzeyi Tarix boʻlimidagi asl kitobidan keltirib yozgandim. Abdulahadxon portreti bet sifatida keltirilmagan ekan, men keltirgan maʼlumot 94 betda ekan (Siz koʻrsatgan elektron variantda esa 95 bet). Maʼlumotga baʼzi oʻzgartirishlar ham kiritdim. Qolgan masalalarni ham tahrirlashga harakat qildim. Bildirgan fikringiz uchun tashakkur. Umid1108 (munozara) 16:08, 20-Mart 2024 (UTC)
- Umid1108, avvalo maqola uchun sizga minnatdorchilik bildiraman. Shirbudinning bugungi kundagi oʻrnini izlab koʻrib, aniqlaganingiz taqdirda, suratga olib joylasangiz, ancha oʻrinli ish boʻlar edi deb oʻylayman. va yanglishmasam, Shirbudin koʻchasi bor Buxoro shahrida. koʻcha bilan saroyning bogʻliqligi joyi borligi aniqlangan/aniq boʻlgan taqdirda, koʻcha suratini yuklashingiz ham ancha oʻrinli ish boʻlardi deb oʻylayman. darvoqe, maqolaga sarflangan mehnat tahsinga loyiqdir. yoqimli tahrirlar Alpasli (munozara) 07:54, 29-Mart 2024 (UTC)
- Salom. Shirbudin mahalla fuqarolar yigʻinida oʻzim yashayman. Bu saroy bilan bogʻliq maʼlumotlarni esa 2019-yildan boshlab izlashni boshlaganman. Maqolada saroyni taxmin qilingan joyini keltirganman. Shirbudun saroyi bugungi kunga qadar saqlanib qolgan emas. Uning atrofida bogʻ yangidan barpo etilgan va 1960-yillarda bogʻ hududida Buxoro viloyati suv xoʻjaligi binosi bunyod etilgan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng, bogʻdagi ushbu bino mahalla fuqarolar yigʻiniga topshirilgan.
- Uning aniq qayerda joylashganligini afsuski mahalliy aholi ham, tarixchilar bilishmaydi. U saroyni koʻrganlar ham qolmagan. Bu masalalar yuzasidan koʻplab tarixchi olimlar bilan suhbatlashganman ammo ular ham aniq saroy joylashuvini bilishmaydi. Avvalo fikrlar uchun rahmat! Umid1108 (munozara) 10:27, 29-Mart 2024 (UTC)
- Umid1108, meni tushunmadingiz. suratini yuklash borasida taklif kiritganman yuqorida. maqola bilan toʻliq tanishib chiqdim. Alpasli (munozara) 22:33, 29-Mart 2024 (UTC)
- koʻchaning dahldorligi bor yoki yoʻqligi borasida maʼlumot topoldingizmi, Umid1108? agar dahldor boʻlmasa ham nomi sababli surat olib yuklasangiz va taʼrif bersangiz bu ham bir maʼlumot aslida. rahmat Alpasli (munozara) 22:42, 29-Mart 2024 (UTC)
- Sizni tushundim. Aniq saroy joylashgan joyni hech kim bilmaydi. Taxminan shu mahalla atrofidagi bogʻ yonida boʻlgan. Umid1108 (munozara) 23:32, 29-Mart 2024 (UTC)
- Umid1108, meni tushunmadingiz. suratini yuklash borasida taklif kiritganman yuqorida. maqola bilan toʻliq tanishib chiqdim. Alpasli (munozara) 22:33, 29-Mart 2024 (UTC)
- Umid1108, avvalo maqola uchun sizga minnatdorchilik bildiraman. Shirbudinning bugungi kundagi oʻrnini izlab koʻrib, aniqlaganingiz taqdirda, suratga olib joylasangiz, ancha oʻrinli ish boʻlar edi deb oʻylayman. va yanglishmasam, Shirbudin koʻchasi bor Buxoro shahrida. koʻcha bilan saroyning bogʻliqligi joyi borligi aniqlangan/aniq boʻlgan taqdirda, koʻcha suratini yuklashingiz ham ancha oʻrinli ish boʻlardi deb oʻylayman. darvoqe, maqolaga sarflangan mehnat tahsinga loyiqdir. yoqimli tahrirlar Alpasli (munozara) 07:54, 29-Mart 2024 (UTC)
Rozilar
tahrir- Roziman - Maqola yangidan yaxshi yaratilgan. Sitora Oblakulova (munozara) 06:29, 20-Mart 2024 (UTC)
- Roziman Maqola ustida mustaqil ishlangani uchun. Doniyor Yóldoshev (munozara) 16:16, 25-Mart 2024 (UTC)
- Roziman – Umuman olganda yaxshi mehnat qilingan. Lekin biroz qisqa xayolimda, yangi malumotlar topib boyitsangiz yanada goʻzal ish boʻlardi. Muxriddin Azimov (munozara) 19:50, 29-Mart 2024 (UTC)
- Roziman — avval boshda maqola manga ham qisqa koʻringan edi. ammo internetdagi ochiq manbalarni koʻrib chiqqandan soʻngra, amin boʻldimki, keltirilgan maʼlumotlardan ortigʻini topish hozircha imkonsiz. yaqin/uzoq kelajakda nominatorimiz maqola ustida yana qattiq ishlab, kengaytirishiga umidim bor. Alpasli (munozara) 22:50, 29-Mart 2024 (UTC)
- Roziman Maqola ustida ancha mustaqil ishlanmani koʻrinib turibdi shuning uchun Roziman. Ibrohimjon 00:02, 30-Mart 2024 (UTC)
Qarshilar
tahrirBetaraflar
tahrirXulosa
tahrirBajarildi — ajoyib maqola uchun nominatorga tashakkurlar, aytib oʻtilgan kichik kamchiliklar bartaraf etilgan. Davomli boʻlsin! Jamshid Nurqul (munozara) 10:41, 25-Aprel 2024 (UTC)
- Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.